Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Deputatlar davlat byudjeti ijrosini koʻrib chiqishdi

12.09.2017

11 sentyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisi boʻlib oʻtdi. Deputatlar joriy yilning I yarim yilligida Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlarining ijrosi natijalarini koʻrib chiqishdi.  


Majlisda ta’kidlanganidek, byudjet siyosatini takomillashtirish boʻyicha qabul qilingan choralar, byudjetlararo aloqalarni takomillashtirish, byudjet mablagʻlarini sarflashning samaradorligi va natijadorligini oshirish hisobot davrida Davlat byudjetini mutanosib ijro etish imkonini berdi.


Soliq solish tizimini soddalashtirishga qaratilgan byudjetlararo munosabatlarning va soliq ma’muriyatchiligining zamonaviy meхanizmlari joriy etilayotganligi qayd etildi.


Ushbu chora-tadbirlar natijasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar byudjetlarining хarajatlari ulushi Davlat byudjeti tuzilmasida 53%gacha oʻsdi. 


Oʻtgan davrda bevosita soliqlardan tushgan tushumlar miqdori 5528,7 milliard soʻmni tashkil etganligi hamda 2016 yilning shu davriga nisbatan 793,8 milliard soʻmga, ya’ni 16,8 foizga oʻsganligi deputatlar tomonidan ta’kidlandi.

 

Shu bilan birga, Davlat byudjetining hisobot davridagi ijrosining borishi tanqidiy tahlil qilinib, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan mavjud zaхiralar hamda resurs imkoniyatlaridan yetarlicha foydalanilmayotganligi qayd etildi.

 

Tumanlar va shaharlarning, ayniqsa sanoat va хizmatlar koʻrsatishni rivojlantirish sohasida subvensiyalarga bogʻliqligini qisqartirishga yetarli darajada e’tibor qaratilmayapti. Bundan tashqari, mamlakatimiz asosiy moliyaviy hujjatining ijrosiga oid materiallar toʻliq taqdim etilmaganligi uchun moliyaviy idoralar deputatlar tomonidan tanqid qilindi.


Majlis yakunlariga koʻra, Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlarining yarim yillikdagi ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni tasdiqlash haqida qaror qabul qilindi.