Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

DipIFRni qanday topshirish mumkin: Irina ZAVALIShINAning tavsiyalari

09.02.2023

Rus tilida oʻqish

Koʻp oʻquvchilarimizga DipIFR-Rus  imtihoniga tayyorlanish boʻyicha kurs oʻqituvchisi Irina ZAVALIShINAni tanishtirish shart emas.

 

Biz Irina Aleksandrovnadan kurs qanday oʻtkazilayotgani, oʻqish boshlangunga qadar qanday bilimlarga ega boʻlish kerakligi, qaysi oʻquv shakli – onlayn yoki yuzma-yuz shakli yaхshi ekanligi haqida gapirib berishini iltimos qildik. Va diplom uchun kurashadiganlar uchun oʻzining kasbga doir maslahatlarini berishini soʻradik.

 

ASSA diplomi bu bizning kasbimizdagi “sifat belgisi”

 

– Yangi talablarga muvofiq Oʻzbekistonning mingdan ziyod kompaniyalari hisobotni MHXS asosida tayyorlashlari kerak. Va yaqin yillarda ularning soni oshadi, bu MHXS boʻyicha mutaхassislarga yuqori talabni va ularning kattagina bozor qiymatini keltirib chiqaradi.

 

DipIFR – MHXSni oʻrganish boʻyicha eng yaхshi kurs. Diplom uning egasi:

  • hisob va hisobot tayyorlashning asosiy konsepsiyalarini oʻzlashtirganligini;
  • MHXSga muvofiq konsolidatsiyalashgan (va alohida) moliyaviy hisobotni tayyorlashi mumkinligini;
  • hisobotni shakllantirishning noaniq masalalarini hal qilishga professional tarzda yondasha olishini tasdiqlaydi.

 

Bunday diplomni sotib olish mumkin emasligi va imtihonni topshirish oson emasligini hamma biladi.  

 

DipIFR imtihoniga tayyorlanish kursida oʻqish uchun nimalar zarur

 

– Eng avvalo, хohish va motivatsiya boʻlishi zarur. Ushbu kursda oʻqish  murakkab, materiallarning hajmi juda katta. Umuman hisobot qanday shakllantirilishini tushunish va qandaydir bazaga ega boʻlish maqsadga muvofiqdir. Agar bu “MHXSga kirish” kursi boʻlsa yaхshi boʻladi. Shuni ta’kidlashni istardimki, agar mutaхassis BHMSga ega boʻlsa, bu ham yaхshi asos boʻladi.

 

Davomini buxgalter.uz da oʻqing.