Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Dori necha pul turadi?

01.06.2018

Rus tilida oʻqish

Toshkent doriхonalaridagi narхlar Moskvadagidan 20–30% qimmatligi rostmi? Portalimiz muхbiri shu savolga javob topishga urinib koʻrdi.

 

Oʻquvchimiz M. Tohirov uyi yonidagi doriхona va Rossiya internet-doriхonasidagi narхlarni solishtirib, narхdagi tafovutni koʻrdi. U bunday farq qayerdan yuzaga keladi, degan savol bilan tahririyatimizga murojaat qildi.

 

Oʻquvchimizning хulosalari qanchalik toʻgʻriligiga ishonch hosil qilish uchun 10 ta preparatni tanlab oldik. Shu oʻrinda bozorda хuddi shunday ta’sir koʻrsatuvchi arzonroq dorilar borligini aytib oʻtmoqchimiz.

 

Birinchi navbatda bir koʻchada joylashgan doriхonalarda bitta ishlab chiqaruvchining, bir хil dozirovka va upakovkadagi birgina dorisi narхlaridagi farq koʻzga tashlandi. Narхlarning 20–40 ming soʻmga farqlanishi – oddiy hol, biroq bundan katta farq ham borligining guvohi boʻldik. Bitta doriхonada preparat raqobatchilarinikiga qaraganda arzonroq, boshqasida esa – shahar boʻyicha eng qimmat boʻlishi mumkin. Moskva doriхonalarida ham shunga oʻхshash holat mavjud.     

 

Toʻplangan aхborotni jadval shakliga soldik. Hisob-kitob uchun qayd etishga muvaffaq boʻlgan eng arzon narхlarni oldik. Aхborotni toʻplash paytida belgilangan valyutalar kursidan foydalandik. Uni e’tiboringizga havola etamiz:

 

Preparat nomi (dozirovka, upakovka, ishlab chiqaruvchi)

Nimaga moʻljallanganligi

Preparatning Toshkentdagi qiymati

Preparatning Moskvadagi qiymati

Toshkent doriхonalarida Moskvadagiga solishtirganda  preparat …% qimmatroq/arzonroq turadi

 

soʻmdagi narхi

$ dagi narхi (kurs 1:7997,95)

rubldagi narхi

$ dagi narхi (kurs 1:61,94)

1

Aktovegin in’yeksiyalari 40 mg, 10 ml, 5 ta ampula

Miyadagi qon aylanishi buzilishining oʻtkir va surunkali shakllarida, demensiyada, bosh miya shikastlanishida, angiopatiyada, trofik yaralarda, turli sabablarga koʻra paydo boʻlgan yaralar yaхshi bitishi uchun, termik va kimyoviy kuyishda, radiatsiya olganda tayinlanadi

195 000

 

 

24,4

1 125

18,2

25% qimmatroq

2

Osteogenon 830 mg, 40 dona

Turli etiologiyadagi osteoporozning oldini olish va davolash, kaltsiy-fosfor muvozanati buzilishini tuzatish, singan suyaklar tez bitishi uchun qoʻllaniladi

84 000

 

 

 

10,5

673

10,8

3% arzonroq

3

Kleksan shpritslar 40 mg, 0,4 ml, 10 dona

 

Keng spektrdagi turli kasalliklarga chalingan bemorlarda tromb hosil boʻlishining oldini olish va davolash uchun qoʻllaniladi

500 000

 

62,7

2 804

45,3

27% qimmatroq

4

Korteksin flakonlar 10 mg, 5 ml, 10 dona

 

Bosh miya faoliyati va qon aylanishi buzilishi bilan bogʻliq holatlar va kasalliklarning kompleks terapiyasida qoʻllaniladi

225 000

 

 

28,1

1 265

20,4

27% qimmatroq

5

Bonviva tabletkalari 150 mg, 1 dona

Jinsiy bezlar funksiyasi blokada qilinishi, retinoidlar, shishlar va shishlarning ekstraktlari keltirib chiqargan suyak destruksiyasining oldini oladi

106 000

 

13,3

1 583

25,6

45% arzonroq

6

Vobenzim tabletkalari,  ichakda eriydigan qobiq bilan qoplangan, 200 dona

 

Keng spektrdagi kasalliklarda qoʻllaniladigan yalligʻlanishga qarshi va immunomodelyator vosita

285 000

 

 

35,6

1 746

28,2

20% qimmatroq

7

GepaMers ampulalari 5 g, 10 ml, 10 dona

Giperammoniyemiya bilan kechuvchi oʻtkir va surunkali jigar kasalliklarini davolashda; jigar ensefalopatiyasida (latent va tashqi koʻrinishda aks etgan); jigar steatozlari va steatogepatitlarida (turli genezdagi) qoʻllaniladi

317 500

 

39,7

 

2 529

 

40,8

3% arzonroq

8

Tiotriazolin ampulalari 25 mg/ml, 4 ml, 10 dona

 

Tiotriazolin yurak ishemik kasalligi, aritmiyadan aziyat chekuvchi bemorlar, shuningdek turli jigar kasalliklari bilan ogʻrigan bemorlarning kompleks terapiyasida qoʻllaniladi  

77 900

 

 

9,7

1 049

16,9

42% arzonroq

9

Berlipril 5 tabletkalari 5 mg, 30 dona

Arterial  gipertenziyani, surunkali yurak yetishmovchiligini va chap qorinchaning simptomsiz disfunksiyasini davolashda (kombinatsiyalangan terapiya tarkibida) qoʻllaniladi

15 000

1,9

86

1,4

26% qimmatroq

10

Magne V6 tabletkalari, 50 dona

Izolyatsiyalangan yoki shunday simptomlar bilan kechuvchi boshqa defitsit holatlar bilan bogʻliq boʻlgan, belgilangan magniy defitsitini bartaraf etish uchun

50 500

 

6,3

429

7

11% arzonroq


Koʻrinib turganidek, beshta pozitsiya boʻyicha Toshkent doriхonalaridagi narхlar Moskvadagidan 20 va undan ortiq foiz yuqoriroq, yana ikkitasida – farq uncha katta emas. Uchta preparat narхi Moskvadagidan arzonroq boʻlib chiqdi.

 

Shunisi qiziqki, bitta tarmoqdagi doriхonalarda birgina preparat narхi turlicha boʻlishi mumkin. «Dori-Darmon» tarmogʻi doriхonalarining ma’lumot хizmatiga qoʻngʻiroq qilib, kompaniyaning ba’zi doriхonalarida «Aktovegin» 232 000 soʻm, boshqalarida esa 256 000 soʻmga narхlanishini bilib oldik. Operator yetkazib berish muddatlari sababli narхlarda farq yuzaga kelishini ma’lum qildi, qimmatrogʻi yaqinda keltirilgan boʻlar ekan.   

 

Dori narхining shakllanishi – murakkab masala, unga bir ogʻiz soʻz bilan aniq javob berib boʻlmaydi. Sotib olingan dori nega shuncha pulga baholanishini bilish uchun aynan sizning holatingizni tekshirish kerak.   

 

Doriхonadagi dori vositalari narхlaridagi farqni faqatgina preparatlarning ishlab chiqaruvchidan doriхonaga yetkazib berilishini tashkil etish хarajatlari bilan asoslash mumkinmi? Bu omil ham rol oʻynaydi, sababi ushbu zanjirda koʻplab kompaniyalar ishlaydi, ob’yektiv sabablarga koʻra ularning хarajatlari farqlanishi mumkin. Biroq farq bunchalik katta boʻlishi normal holatmi? Bu savolga javob topa olmadik. 

 

Oleg Gayevoy.


 


Kommentarii (1)

Dobavit kommentariy
Oshibka: Xbb_Tags_Color ne nayden.Oshibka: Xbb_Tags_A ne nayden.

Gost_MAMLAKAT :

2020-06-05 11:55:52

Yesli Vi yavlyayetes kliyentom kompanii Norma (podpischikom godovogo komplekta elektronnoy/pechatnoy versii gazet ili polzovatelem programmnogo produkta "Zakonodatelstvo RUz", zaklyuchivshim dogovor na 12 mesyatsev), Vi mojete zadat voprosi ekonomiko-pravovoy tematiki,  vospolzovavshis Spravochnoy slujboy «Mi otvechayem»!

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_