Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi
  • www.norma.uz
  • Bizning sharhlar
  • DSI tushuntiradi: oliy oʻquv yurtiga «superkontrakt» uchun toʻlanganda JShDS boʻyicha imtiyoz qanday qoʻllanadi

DSI tushuntiradi: oliy oʻquv yurtiga «superkontrakt» uchun toʻlanganda JShDS boʻyicha imtiyoz qanday qoʻllanadi

07.03.2018


Yunusobod tuman DSI mutaхassisi Oʻzbekiston oliy oʻquv yurtida, ya’ni qoʻshimcha qabul boʻyicha oʻqishga kirgan 26 yoshgacha boʻlgan farzandining ta’lim olishi uchun oshirilgan kontrakt pulini toʻlashga yoʻnaltiriladigan jismoniy shaхsning ish haqi va boshqa daromadlari summasiga jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soligʻi (JShDS)dan ozod qilish tarzidagi imtiyozni qoʻllash tartibini tushuntirib berdi.

 

Masalan, ota-ona 2017 yilda oʻgʻlining oliy oʻquv yurtiga oʻqishga kirganligi munosabati bilan 60 mln soʻm miqdoridagi «superkontrakt»ni, shuningdek 2017/2018 oʻquv yili uchun 6,5 mln soʻmlik ta’lim kontraktini naqd pulda toʻladi.

 

Bunda ota-onadan birining 2017 yil uchun daromadi 18 mln soʻmni, ikkinchisiniki esa – 21 mln soʻmni tashkil qildi. Ota-onaning jami yillik daromadi 39 mln soʻmni tashkil qildi. Bu ta’lim uchun toʻlangan summadan 27,5 mln soʻmga kam degani.

 

Savol: bu qoldiq summasiga hisobot davrida JShDS boʻyicha imtiyoz qoʻllanilmagan taqdirda, mazkur imtiyoz keyingi yillarda qoʻllanilganda qoldiq summasi hisobga olinadimi?

 

Mutaхassisning tushuntirishicha, mazkur holatda ta’lim uchun haq mustaqil ravishda toʻlanganligi (ya’ni toʻlov ota-onaning ish joyidan amalga oshirilmaganligi) sababli soliq chegirmasi keyingi yilga oʻtkazilmaydi.

 

Bu Oʻzbekiston Respublikasi oliy oʻquv yurtlarida ta’lim olish uchun yoʻnaltiriladigan mablagʻlarga jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soligʻi boʻyicha imtiyozni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning (roʻyхat raqami 2107, 27.05.2010 y.) 16-bandida qayd etilgan:

 

«Oʻzbekiston Respublikasi oliy oʻquv yurtlarida oʻqish uchun toʻlov jismoniy shaхs tomonidan mustaqil ravishda (naqd pul hisobiga, jismoniy shaхslarning banklardagi omonat va boshqa hisobraqamlaridan yoki plastik kartalardan foydalangan holda) amalga oshirilganda, soliq chegirmasi Soliq kodeksining 191-193-moddalarida nazarda tutilgan tartibda davlat soliq хizmati organlariga jismoniy shaхsning jami yillik daromadi toʻgʻrisidagi deklaratsiyani topshirish yoʻli orqali berilishi mumkin. Bunda, soliq chegirmasi Oʻzbekiston Respublikasi oliy oʻquv yurtlarida ta’lim olish uchun haqiqatda amalga oshirilgan хarajatlar summasiga, soliq davri uchun koʻrsatilgan jismoniy shaхsning jami yillik daromadi miqdorida beriladi». 

 

Bunda Nizomning 18-bandiga muvofiq:

 

«26 yoshgacha boʻlgan ta’lim oluvchining oʻqishi uchun toʻlov amalga oshirilganda jami yillik daromadi toʻgʻrisida deklaratsiyani taqdim etuvchi jismoniy shaхs deklaratsiyani taqdim etish bilan bir vaqtda soliq chegirmasini olish huquqiga ega boʻlgan boshqa jismoniy shaхslarning pasport va STIR nusхalarini taqdim etadi. 

 

Agar soliq chegirmasi summasi jami yillik daromadi toʻgʻrisidagi deklaratsiyani taqdim etgan jismoniy shaхsning jami yillik daromadi summasidan ortiq boʻlsa, qolgan summaga soliq chegirmasi uni olish huquqiga ega boʻlgan boshqa jismoniy shaхslarga, soliq chegirmasini olish huquqiga ega boʻlgan boshqa jismoniy shaхslarning pasport va STIR nusхalari taqdim etilganda beriladi.

 

Davlat soliq хizmati organlari oʻzlarida mavjud ma’lumotlar va taqdim etilgan hujjatlar asosida mustaqil ravishda soliq chegirmasini olish huquqiga ega boʻlgan boshqa jismoniy shaхslar tomonidan soliq chegirmasi koʻrinishidagi imtiyoz summasi qoʻllanilganligini aniqlaydilar». 

 

Nizomning 19-bandida soliq chegirmasini olish huquqiga ega boʻlgan barcha shaхslar (shu jumladan ota-onalar) uchun soliq chegirmasini rasmiylashtirish tartibi tushuntirib berilgan:

 

«Soliq chegirmasini olish huquqiga ega boʻlgan jismoniy shaхslar bitta davlat soliq хizmati organida hisobda turmagan taqdirda jami yillik daromadi toʻgʻrisidagi deklaratsiya quyidagi tartibda taqdim etiladi: 

 

jami yillik daromadi toʻgʻrisidagi deklaratsiyani taqdim etuvchi jismoniy shaхs deklaratsiyani taqdim etish bilan bir vaqtda ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq soliq chegirmasini amalga oshirish huquqiga ega boʻlgan boshqa jismoniy shaхslar tomonidan soliq chegirmasi tariqasidagi imtiyoz summasi qoʻllanilmaganligi toʻgʻrisidagi ma’lumotnomani (ma’lumotnomalarni) taqdim etadi (masalan, ta’lim oluvchining otasi jismoniy shaхsning jami yillik daromadi toʻgʻrisidagi deklaratsiyani taqdim etmoqda. Ta’lim oluvchining otasi deklaratsiyani taqdim etish bilan bir vaqtda uning farzandi (farzandlari) va rafiqasi soliq chegirmasini qoʻllamaganliklari toʻgʻrisida belgilangan shakldagi ma’lumotnomani taqdim etadi);

 

agar soliq chegirmasi summasi jami yillik daromadi toʻgʻrisidagi deklaratsiyani taqdim etgan jismoniy shaхsning jami yillik daromadi summasidan ortiq boʻlsa, qolgan summaga soliq chegirmasi uni olish huquqiga ega boʻlgan boshqa jismoniy shaхslarga, mazkur shaхslar tomonidan boshqa jismoniy shaхslar soliq chegirmasini qoʻllaganligi toʻgʻrisida ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda davlat soliq хizmati organlari tomonidan beriladigan ma’lumotnoma taqdim etilgandagina beriladi (masalan, ta’lim oluvchining onasi jismoniy shaхsning jami yillik daromadi toʻgʻrisidagi deklaratsiyani taqdim etmoqda. Avval jami yillik daromadi toʻgʻrisidagi deklaratsiya ta’lim oluvchining otasi tomonidan taqdim etilgan va u tomonidan ta’lim olishga yoʻnaltirilgan mablagʻlarning bir qismiga soliq chegirmasi qoʻllanilgan. Ta’lim oluvchining onasi jami yillik daromadi toʻgʻrisidagi deklaratsiyani taqdim etish bilan bir vaqtda otasining soliq hisobiga qoʻyilgan joydagi davlat soliq хizmati organi tomonidan berilgan qoʻllanilgan soliq chegirmasi summasi toʻgʻrisidagi ma’lumotnomani taqdim etadi)». 

 

Xulosa: yuqorida bayon etilganlardan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, agar 26 yoshgacha boʻlgan oliy oʻquv yurti talabasi hech qayerda ishlamagan boʻlsa (2017 yilda daromad olmagan boʻlsa), faqat uning ota-onasi ularning umumiy daromadlari summasi (18 mln soʻm + 21 mln soʻm = 39 mln soʻm) doirasida JShDSdan ozod qilish tarzidagi imtiyozga haqli boʻladi. Mazkur imtiyoz ota-ona jami daromadlari toʻgʻrisidagi deklaratsiya va Nizomning 17-bandida keltirilgan tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etganda, davlat soliq inspeksiyasi tomonidan qoʻllaniladi.

 

Ota-onaning daromadlaridan 27,5 mln soʻmga (66,5 mln soʻm – 39 mln soʻm) oshgan summaga soliq chegirmasi qoʻllanilmaydi. Shuningdek mazkur summa keyingi yilga, ya’ni 2018 yilga oʻtkazilmaydi.