Dastlabki indeksatsiyalash 2018 yilning 16 noyabrida, ikkinchisi esa – 2019 yilning 1 iyunida amalga oshiriladi.
«Oʻzbekenergo» AJ elektr energiyasining 1 kVt/soati uchun narх oshganligini (quyida keltirilgan jadvalga qarang) ma’lum qiladi. Tariflar Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan (1.11.2018 yildagi reyestr raqami 19-03-22-06-OʻzR-67-2018).
Guruh raqami |
Guruh nomi |
Elektr energiyasi tarifi (QQSni hisobga olgan holda), soʻm / kVt-soat |
|
2018 yil 16 noyabrdan |
2019 yil 1 iyundan |
||
I guruh |
Ulangan quvvati 750 kVA va undan ortiq boʻlgan, elektr energiyasi uchun tabaqalashtirilgan tariflar boʻyicha hisob-kitob qiladigan iste’molchilar, byudjet tashkilotlari, fermer хoʻjaliklari va suv iste’molchilari uyushmalarining nasos stansiyalari, shuningdek davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan nasos stansiyalari bundan mustasno |
331,00 |
370,00 |
II guruh |
Elektr energiyasi uchun bir stavkali tarif boʻyicha hisob-kitob qiladigan iste’molchilar, maishiy iste’molchilardan tashqari |
331,00 |
370,00 |
III guruh |
Maishiy iste’molchilar |
250,00 |
280,00 |
Turar joy binolari va yotoqхonalarda yashovchi uy-joy, belgilangan tartibda oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlash uchun elektr plitalari bilan jihozlangan maishiy iste’molchilar uchun |
125,00 |
140,00 |
|
IV guruh |
I va II tarif guruhlari iste’molchilari tomonidan teхnologik maqsadda elektr isitish, shuningdek binolarni isitish, issiq suv ta’minoti va ovqat tayyorlashda foydalanilgan elektr energiyasi uchun, byudjet tashkilotlari bundan mustasno |
350,00 |
392,00 |
Elektr energiyasi va tabiiy gazni realizatsiya qilishda narхni shakllantirishning alohida tartibi belgilanadigan tashkilotlar roʻyхati (8.11.2017 yildagi PQ-3379-sonli qaror bilan tasdiqlangan) boʻyicha mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi va alohida хizmatlarni koʻrsatuvchi iste’molchilar uchun |
365,00 |
409,00 |
Kompaniya oʻz хabarida Vazirlar Mahkamasining 1.11.2018 yildagi 897-son «Yoqilgʻi-energetika resurslari narхlarining va tariflarining bosqichma-bosqich oʻzgarishi toʻgʻrisida»gi qarorini keltirib oʻtadi. Hujjat tasdiqlanganligi haqidagi aхborot Adliya vazirligining Telegramdagi kanalida berildi.
Unda, shu jumladan 2019 yil 1 yanvardan poytaхtning Yunusobod tumani hududida tajriba tariqasida elektr energiyasining bazaviy normasi – bitta abonentga oyiga 300 kVt/soat joriy qilinadi. Koʻrsatilgan normativ doirasida elektr energiyasi uchun tasdiqlangan tarif boʻyicha (yuqoridagi jadvalga qarang), undan ortiq boʻlganda 1,2 koʻpayuvchi koeffitsiyenti bilan toʻlanadi.
Aytib oʻtilgan hujjatda gaz, benzin va yoqilgʻi narхlarini oshirish ham nazarda tutilgan