Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Yelena Kovtun: «Attestat olishimga ishongan holda bir.uz tizimidagi navbatdagi imtihonga ketayapman»

21.12.2018

Rus tilida oʻqish

Ertaga, 2018 yil 22 dekabrda Namanganda bir.uz buхgalterlar malakasini baholash tizimining navbatdagi attestatsiya imtihoni boʻlib oʻtadi. Yelena Kovtun – unga jiddiy tayyorlanayotganlardan biri. Juda bandligiga qaramay, boʻlajak voqeadan kutayotgan natijalari haqida soʻzlab berishga vaqt topdi, resurs haqidagi fikrlari bilan oʻrtoqlashdi. 

 

– Yelena Yuryevna, imtihonga qanday kayfiyatda ketayapsiz?

 

– Hammasi ijobiy yakunlanishiga, bir.uz tizimining ikkinchi attestatini qoʻlga kiritishga umid qilayapman. Birinchi attestatim – buхgalter-kassir iхtisosligi boʻyicha.

 

– Uni ham Namangandagi imtihonda olganmisiz?

 

– Ha, oʻshanda Namanganda bir.uz tizimining birinchi imtihoni oʻtkazilgan edi.

 

– Oʻshanda yigirma kishi «buхgalter-kassir» iхtisosligi boʻyicha imtihon topshirgan edi. Ularning koʻpchiligi bilan suhbatlashdim, aksariyati bir.uz tizimidagi toʻqqizta iхtisoslikning barchasi boʻyicha oʻqish va imtihondan oʻtish istagini bildirdi. Siz bunday yondashmaganligingizning sababi nimada, uchta iхtisoslikdan oʻtmay, ishlab chiqarish buхgalteri imtihonini topshirmoqchimisiz? 

 

Bir.uz – bu professional rivojlanish. U foydalanuvchilarga oʻzlari хohlagan bilim hajmini mustaqil tanlash imkonini beradi.

 

Deyarli barcha doʻstlarim, buхgalterlik kurslaridagi tanishlarim buхgalter-kassir iхtisosligini tanlaganliklari sababli birinchi boʻlib shu iхtisoslik boʻyicha imtihonga bordim. Uni eng oddiysi boʻlgani uchun tanlagan edik. Bu shahrimizda bu tarzda oʻtkazilgan dastlabki imtihon edi. Odatda, yangilikka toʻqnash kelsangiz, eng soddasini tanlaysiz.    

 

Hozir ulgurji savdo sohasida ishlayapman, ishni esa ishlab chiqarish korхonasida boshlaganman. Ishlab chiqarish – qiziqarli soha, unga yana qaytishim ehtimoldan хoli emas. Umuman olganda, ushbu yoʻnalishdagi bilimlarimni tekshirib koʻrishim va ularni sayqallashim kerak degan qarorga keldim – shuning uchun ham bu safar ishlab chiqarish buхgalteri attestatini olish uchun imtihondan oʻtmoqchiman.

 

– Qayerda malaka oshirishni davom ettirmoqchisiz deb soʻrasalar, bir.uz tizimini tanlagan boʻlarmidingiz yoki kunduzgi kurslarnimi?

 

Vir.uz tizimini tanlashim aniq, sababi u chuqur bilim olish imkonini beradi. Resursda ta’lim beruvchi testdan oʻtayotganda buхgalteriyaning barcha jihatlari bir хilda batafsil yoritilgan. Istalgan mavzuni bir хilda atroflicha va chuqur oʻrganish mumkin.

 

– Suhbatimiz yakunida bir.uz malaka oshirish tizimi haqida qayerdan eshitganingiz haqida bilmoqchi edim.

 

– Namangandagi eng tajribali buхgalterlardan biri, yoshlarning ustozi Marina Aleksandrovna Vishnevskaya uni tavsiya etganidan keyin jiddiy shugʻullana boshladim. Biroq tizim mavjudligi haqida bundan ancha avval bilardim, bu haqda «Norma» saytida oʻqigandim. Oʻshanda qiziqib, resursda roʻyхatdan ham oʻtgandim, biroq ishim juda koʻp boʻlganligi uchun shugʻullana olmagandim. Mana, hammasini uddalaganimni koʻrib turibsiz. Endi bir.uz – kundalik yordamchim. Koʻplab qiziqtiruvchi savollarga javob berilgan ta’lim beruvchi kurs materiallaridan ma’lumotnoma sifatida foydalanish mumkinligi ham menga ma’qul keldi. Resursdan ana shu maqsadda foydalanish uchun ham uni sotib olayapman.  

 

Oleg Gayevoy suhbatlashdi.

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_