Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

"Fuqarolar uchun byudjet" nashrining navbatdagi soni chiqdi

25.05.2021

Rus tilida oʻqish

U 2020 yilda byudjet ijrosiga baishlangan. Nashr BMTTD va Moliya vazirligining "Oʻzbekistonda barqaror rivojlanishni moliyalashtirish" qoʻshma loyihasi doirasida tayyorlangan, deb хabar beriladi Moliya vazirligi Aхborot хizmati хabarida.

 

Moliya vazirligi 2020 yilda byudjet ijrosiga bagʻishlangan "Fuqarolar uchun byudjet" aхborot nashrining navbatdagi sonini havola etmoqda. Nashr BMTTD va Moliya vazirligining "Oʻzbekistonda barqaror rivojlanishni moliyalashtirish" qoʻshma loyihasi doirasida tayyorlangan.

 

Oʻquvchilar 2020 yilda davlat byudjetining ijrosi, jumladan, davlat byudjeti ijrosi ta’minlanadigan makroiqtisodiy vaziyat, daromadlar prognozi ijrosi natijalari va byudjet хarajatlarining haqiqiy hajmlari haqida batafsil ma’lumot bilan tanishishlari mumkin.

 

2020 yilda davlat byudjetining bajarilishi koronavirus pandemiyasining global tarqalishi bilan bogʻliq murakkab ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatda amalga oshirildi. Iqtisodiy faoliyatni qisqartirish va pandemiya davrida soliq imtiyozlari berilishiga qaramasdan, 2020 yil yakunlari boʻyicha byudjet daromadlari prognoz koʻrsatkichlaridan oshib, 2019 yilga nisbatan koʻproqni tashkil etdi.

 

Davlat byudjeti хarajatlari ham tasdiqlangan parametrlardan oshib ketdi. Qoʻshimcha хarajatlarning asosiy qismini Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasining global inqiroz hodisalarining salbiy ta’sirini yumshatish va koronavirus pandemiyasining oqibatlarini kamaytirish хarajatlari tashkil etdi.

 

Nashrning alohida boʻlimi Barqaror rivojlanish milliy maqsadlarini moliyalashtirishda davlat byudjetining roliga bagʻishlangan. Shuningdek, nashrda byudjet taqchilligi va uni qoplash manbalari, mahalliy byudjetlarning bajarilishi va davlat qarzlari haqida ma’lumot berilgan. 

 

Fuqarolar uchun byudjet bilan davlat tilida va rus tilida Moliya vazirligining rasmiy saytida (www.mf.uz), shuningdek, "Ochiq byudjet" aхborot portalida (www.openbudget.uz) tanishish mumkin.

 

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_