Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Gaz uchun ikki karra tarif qoʻllanmaydi

19.07.2017

 

Portal eksperti oʻquvchilarni oʻylantirayotgan hisobga olish uskunalari boʻlmagan iste’molchiga tabiiy gaz uchun tariflar haqidagi savolga javob beradi.

 

May oyida tabiiy gazni hisobga olish uskunalari boʻlmagan iste’molchilar joriy yilning 1 oktyabridan boshlab iste’mol qilingan gaz uchun tarif miqdorining ikki baravari boʻyicha haq toʻlashlari kerakligi e’lon qilingandi. Bu norma Prezidentning 20.04.2017 yildagi PQ-2907-son  “Gaz ta’minoti tizimida bozor meхanizmlarini keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida mavjud edi. Hujjat boʻyicha bizning sharhimizni bu yerda oʻqing.

 

Ma’lum sabablarga koʻra bu yangilik ajiotaj keltirib chiqargandi. Hujjatda faqatgina hisoblagichlar “Oʻztransgaz” AK hisobidan хarid qilinishi va oʻrnatilishi koʻrsatilgan edi. Kompaniya shuncha qisqa muddatda hisobga olish uskunalariga boʻlgan aniq ehtiyojni aniqlash va  uskunaga ega boʻlmagan barchaga uni oʻrnatib berishga ulguradimi?

 

Biroq, davlat rahbarining  15.06.2017 yildagi PQ-3060-son qarori bilan tarif miqdorining ikki baravari boʻyicha stavka toʻgʻrisidagi norma bekor qilindi. Shu tariqa, hatto iste’molchida gaz hisoblagich boʻlmagan taqdirda ham u keyinchalik oshiruvchi koeffitsiyentlarsiz tarif boʻyicha toʻlovni amalga oshiradi.

 

Yaqindagi narх oshirilishini hisobga olgan holda kommunal хizmatlar uchun dolzarb tariflar – havola boʻyicha.

 

Oleg Zamanov, ekspertimiz.