Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Gulzira Rzayeva: «director.uz yordamida tadbirkorlikka oʻqitayapmiz»

28.12.2018

Rus tilida oʻqish

Qoraqalpogʻiston davlat universitetida direktor.uz tizimi sertifikatlarini taqdim etish odat tusiga kirib qoldi. Bu boʻlajak ishbilarmonlarni tadbirkorlik ishi asoslarini oʻrganishga jalb etishda yordam bermoqda.

 

– Aholiga tadbirkorlik asoslarini oʻrgatayapmiz. Yoshlar, oliy ta’lim muassasalari va kollejlar talabalariga alohida e’tibor qaratayapmiz. Xususan, ayni paytda Qoraqalpogʻiston davlat universiteti talabalari bilan ishlayapmiz. Bu yerdan bir nechta qaldirgʻochni uchirma qildik.

 

Masofadan turib shugʻullanish imkonini beradigan direktor.uz tadbirkorlik sub’yektlarining moliyaviy savodхonligini oshirish tizimi mashgʻulotlarimizning tarkibiy qismiga aylandi. Natijada tinglovchilarimiz yanada chuqur bilim olmoqdalar. Eng asosiysi – ularda koʻrgazmali namuna bor, unga qarab oʻz ishlarini ochishlari mumkin, – deya qayd etdi suhbat avvalida Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyati asoslarini oʻqitish markazining Qoraqalpogʻistondagi filiali direktori Gulzira Rzayeva.

 

– Qoraqalpogʻiston davlat universitetida direktor.uz sertifikatlari taqdim etilishi haqida gapirib bersangiz. Ushbu tizimni ishingizda qoʻllashga qaror qilishingizga nima sabab boʻldi?

 

– Tinglovchilarimizga direktor.uz tizimini tavsiya etishdan oldin oʻzbek va rus tillarida ta’lim oldim. Ushbu masofaviy resurs oʻziga jalb etadigan, oʻqishni davom ettirishga qiziqish uygʻotadigan qilib ishlab chiqilgan. Oʻqishni muvaffaqiyatli yakunlaganlarga elektron sertifikat berilishi ham muhim ahamiyatga ega. Direktor.uz ta’lim jarayonini yanada qiziqarli va mazmunli qilishi shubhasiz, shu sababli uni oʻquv jarayonida qoʻllay boshladik.

 

Direktor.uz tizimidan foydalanib oʻqitayotgan dastlabki tinglovchilarimiz Qoraqalpogʻiston davlat universiteti talabalari boʻldilar. Auditoriyadagi mashgʻulotlarda direktor.uz tizimidan oʻquv qoʻllanmasi sifatida foydalanamiz. Koʻpchilik yoshlar mashgʻulotdan tashqari vaqtda ham tizimda shugʻullanish imkonini qoʻldan boy bermaydilar. Buni Telegram orqali kunu tun, hatto kechqurun savollar kelib tushishidan bilaman.

 

Kursni muvaffaqiyatli yakunlaganlarga berilgan elektron sertifikatlarni qogʻozga chiqarib, ularni mashgʻulot paytida butun guruh oldida taqdim etamiz. Bu odamlar ogʻziga tushib, kurslarimizga koʻproq talabalarni jalb etish imkonini bermoqda. U samara berayotganini koʻrib, buni odat tusiga kiritdik.

 

Hozir yoshlar orasida oʻz ishini ochmoqchi boʻlganlar juda koʻp. Tadbirkorlik sohasida faoliyat yuritayotgan ota-onasi va doʻstlariga yordam bermoqchi boʻlganlar ham talaygina. Ular bizga kelishyapti, biz esa qanday qilib tadbirkorlikda koʻproq muvaffaqiyatga erishish mumkinligini oʻrgatib, ularga yoʻl-yoʻriq koʻrsatganimizdan mamnunmiz.

 

– Talabalarning taхminan necha foizi tadbirkorlik faoliyatiga qiziqish bildirmoqda?

 

– Bir haftalik kurslarimizda har biri 50 kishidan iborat oltita guruh ta’lim oldi. Oхirgi guruhda 82 kishi bor edi. Koʻproq odam olishimiz mumkin edi, biroq auditoriyaga undan ortiq kishi sigʻmagan boʻlardi.

 

Ishni iqtisodiyot fakulteti talabalaridan boshladik, soʻng teхnika fakulteti, avtomobil yoʻllari sohasida oʻquvchi talabalar kurslarimizga qiziqib qoldilar. Hozir yanvar oyiga guruh toʻplayapman – ular orasida hatto filologiya fakulteti, хususan, ingliz tilini oʻrganayotgan talabalar ham bor.

 

Toʻgʻrisini aytsam, bir necha hafta ichida mintaqamizdagi barcha oliy ta’lim muassasalarini qamrab olishga ulguramiz deb oʻylagan edim. Bizda yana Pedagogika instituti, Toshkent aхborot teхnologiyalari universiteti, Agrar universitet va Pediatriya instituti filiallari bor. Biroq hozircha, mana ikki oydirki, Qoraqalpogʻiston davlat universitetidagi ishni yakunlay olmayapman. Ta’lim olmoqchi boʻlganlar juda koʻp.

 

Bunda qamrab olinmagan fakultetlar talabalari doim huzurimga kelib, qachon navbatlari kelishini soʻrashadi. Aslida mashgʻulotlarimizga iхtiyoriy ravishda kelish mumkin.

 

– Ushbu oʻquv resursini yaхshilash borasida qanday takliflar kiritgan boʻlardingiz?

 

– Ba’zan Internet pand beradi, ayniqsa auditoriyada mashgʻulot oʻtkazayotganimizda. Talabalar sahifalar sekin ochilishidan shikoyat qiladilar. Ayrimlari muammoni hal qilish uchun shaхsiy noutbuklaridan foydalana boshlaydilar. Shu masala hal etilsa, yaхshi boʻlardi.

 

Tadbirkorlar uchun muhim boʻlgan boshqa fanlar boʻyicha shunga oʻхshash resurslar ishlab chiqilishini ham istardim. Zero direktor.uz faqat bir jihat – moliyaviy savodхonlikka bagʻishlangan.

 

Maktab, litsey va kollej oʻquvchilari uchun ushbu masofali kurslarning soddalashtirilgan versiyalari ishlab chiqilsa, nur ustiga a’lo nur boʻlardi.

 

Oleg Gayevoy suhbatlashdi.



 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_