Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Hakamlik sudlari ommabop boʻlmoqda

29.12.2018

Rus tilida oʻqish

26 dekabr kuni Savdo-sanoat palatasida Palata tizimidagi hakamlik sudlari faoliyatining 2018 yil yakunlari muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

 

SSP huzuridagi Xalqaro tijorat arbitraj (hakamlik) sudi raisi Foziljon Otaхonov joriy yilda SSP huzuridagi hakamlik sudlari tomonidan  6847 ta ishlar koʻrilgan boʻlib, da’vo summasi 167,8 mlrd. soʻm, 6,9 mln AQSh dollarini tashkil etganligiga e’tibor qaratdi. Bu 2017 yilda koʻrilgan ishlar soniga nisbatan 4382 taga koʻpdir.

 

Samarqand (1160 ta ish koʻrilgan), Fargʻona (1003 ta), Xorazm (669 ta), Sirdaryo (607 ta), Andijon  (582 ta ) viloyatlari hududiy boshqarmalari huzuridagi hakamlik sudlari tomonidan koʻrilgan ishlar soni jiddiy ravishda oshganligi kuzatilmoqda.

 

Yigʻilish qatnashchilari hakamlik muhokamalarini rivojlantirishning dolzarb muammolarini muhokama qildilar. Hakamlik muhokamalarining huquqiy asoslarini takomillashtirish boʻyicha aniq takliflar va fikrlar bildirildi. Hakamlik sudlarining vakolatli sudlar bilan oʻzaro hamkorligini rivojlantirish, hakamlik sudyalarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish zarurligi hususida soʻz yuritildi.

 

Yigʻilish hakamlik muhokamalarining afzalliklarini targʻib qilish va hakamlik sudlari faoliyatini rivojlantirish boʻyicha ishlarda faol ishtirok etganliklari uchun palataning hakamlik sudlari raislari va sudyalarini mukofotlash bilan nihoyasiga yetdi.

 

Ma’lumot uchun: bugungi kunda Savdo-sanoat palatasi tizimida 15 ta hakamlik sudlari faoliyat koʻrsatmoqda.

 

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_