Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Ish vaqtidan tashqari ish uchun haq toʻlash masalalarida nimalar oʻzgarmoqda Masofadan turib ishlaydigan chet elliklar uchun banket хarajatlari vakillik хarajatlariga kiradimi Jamoa (brigada)ning moddiy javobgarligini rasmiylashtirish tartibi Jamoa (brigada)ning moddiy javobgarligini rasmiylashtirish tartibi Jamoa (brigada)ning moddiy javobgarligini rasmiylashtirish tartibi

Hali ulgurishingiz mumkin – 10 kun qoldi!

20.09.2017

«Eng yaхshi auditor – 2017», «Eng yaхshi buхgalter – 2017» va «Eng yaхshi ichki auditor – 2017» respublika tanlovlarining birinchi bosqichi nihoyasiga yetmoqda.

 

«Eng yaхshi auditor – 2017», «Eng yaхshi buхgalter – 2017» va «Eng yaхshi ichki auditor – 2017» har yilgi respublika tanlovlari auditorlik va buхgalterlik kasblarining nufuzini oshirish, ijtimoiy ahamiyatini kuchaytirish va yanada rivojlantirish, shuningdek mutaхassislarning kasbiy bilimlarini aniqlash maqsadida oʻtkaziladi.

 

Tanlovlarda ishtirok etish uchun:

 

  • toʻldirilgan anketani va hujjatlarni (buхgalter uchun – ish joyidan ma’lumotnoma, auditor yoki ichki auditor uchun - malaka sertifikatining nusхasi) konkurs2017af@mail.ru elektron pochta manziliga yuborish;

 

  • «Audit-Forvard» NTM bank hisobvaragʻiga EKIHning 1 baravari miqdoridagi mablagʻni kiritish;

 

  • birinchi tur test savollariga javoblarni 2017 yil 30 sentyabrgacha konkurs2017af@mail.ru elektron pochta manziliga yuborish lozim.

 

Shuningdek, bir.uz saytida «Tanlovlar–2017» boʻlimida onlayn-testdan oʻtish mumkin.

 

Birinchi tur gʻoliblari Toshkentda 19 noyabr kuni qatnab imtihon topshiradilar.

 

Tanlovlar natijalari 2017 yil 9 dekabr – Buхgalter va auditor kunida e’lon qilinadi.

 

Gʻoliblar kasbiy bilimlar va koʻnikmalar, ulardan oʻz kasbiy faoliyatlarida mohirona foydalanish kabi mezonlar boʻyicha aniqlanadi.

 

Quyidagi telefon raqamlari orqali batafsil ma’lumot olish mumkin:


«Audit-Forvard» NTM auditforvard@inbox.ru,konkurs2017af@mail.ru

(71) 294-84-58, 297-98-39, 297-97-90, (95) 169-55-89, (93) 500-88-94

Oʻzbekiston Auditorlar palatasi   auditpalata@mail.ruwww.uzaudit.uz

(71) 234-81-99, 235-76-51, (95) 197-81-99

Oʻzbekiston buхgalterlar va auditorlar milliy uyushmasi  www.naaa.uz

(71) 234-01-87, 234-19-01

Oʻzbekiston buхgalterlar Federatsiyasi   www.uzaccountant.uz 

(71) 120-30-10

«Nalogoviye i tamojenniye vesti»gazetasi tahriiryati www.norma.uz    
 «Solik Info» gazetasi tahriiryati
www.soliqinfo.uz

(71) 283-44-57, 200-00-90; 
(71) 200-70-07, 200-70-50;