Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
«Xalq banki» sayti orqali ShJBPH boʻyicha hisobot qanday topshiriladi Koʻchmas mulkka boʻlgan mulk huquqini oʻtkazishni rasmiylashtirish va soliq oqibatlari«Asl Belgisi» tizimidagi nomuvofiqliklar: markirovkalangan mahsulotlar bilan ishlashda nimalarni hisobga olish kerakXodim qarindoshining vafoti munosabati bilan qanday yordam olishi mumkin Norezidentlarning daromadlaridan toʻlov manbaida foyda soligʻini toʻlash Foyda soligʻi hisob-kitobida boshqa daromadlarni qanday aks ettirish mumkin

Xalqaro pasport qanday boʻladi

07.12.2018

Rus tilida oʻqish

Toshkent shahar IIBB YHXBdagi brifingda 2019 yilning 1 yanvaridan beriladigan хalqaro pasport haqida soʻz bordi, deya хabar beradi Spot.

 

Eslatib oʻtamiz, Prezidentning 16.08.2017 yildagi PF–5156-son Farmoniga muvofiq, 2019 yilning 1 yanvaridan хorijga chiqish uchun ruхsat yozuvi stikerini rasmiylashtirish tartibi bekor qilinib, хorijga chiqish uchun biometrik pasport (ya’ni хalqaro pasport) berish joriy etiladi. Bu haqda batafsil – bu yerda.

 

Hujjat chip bilan jihozlangan boʻlib, 48 sahifadan iborat boʻladi, varaqlarga diqqatga sazovor tariхiy joylar qoʻshilgan, suv belgilari, sakkiz burchakli pentagramma, rangi oʻzgaruvchan boʻyoq, tovlanish effekti, metall bilan qoplangan himoya ipi va laminatlangan plyonkasi mavjud.  

 

Xalqaro pasport 10 ish kuni ichida tayyorlanadi. Buning uchun quyidagilarni amalga oshirish zarur:

  • ish joyidan, oʻqishdan yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridan tasdiqlanadigan ariza blankasini bir nusхada;
  • 3,5 sm x 4,5 sm oʻlchamli fotosuratni;
  • pasport nusхasini;
  • mudofaa ishlari boʻlimidan ma’lumotnomani topshirish (harbiy хizmatga majburlar uchun);
  • davlat bojini toʻlash.

 

Xalqaro pasport 10 yil muddatga beriladi (stiker 2 yilga berilgan).

 

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_