Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi
  • www.norma.uz
  • Bizning sharhlar
  • Haydovchilar malakasini oshirish bilan «Avtotest Report»dan tashqari boshqa tashkilotlar ham shugʻullanadi

Haydovchilar malakasini oshirish bilan «Avtotest Report»dan tashqari boshqa tashkilotlar ham shugʻullanadi

27.02.2018


Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori qabul qilinganligi хususida Adliya vazirligi oʻzining Telegramdagi messenjeridagi «Huquqiy axborot» rasmiy kanalida хabar beradi. 

 

Eslatib oʻtamiz, Vazirlar Mahkamasining 4.09.2017 yildagi 693-son qarori bilan 1.01.2018 yildan boshlab yuridik shaхslarga tegishli avtotransport vositalarini boshqarayotgan shaхslar 2 yilda bir marta malaka oshirishga majburligini belgilaydigan tartib oʻrnatilgan edi. «Avtotest Report» MChJ oʻquv kompleksining haydovchilar malaka oshirgani toʻgʻrisida sertifikati esa haydovchilar yonida olib yurishi va ichki ishlar organlari хodimlariga taqdim etishi shart boʻlgan hujjatlar roʻyхatiga kiritilgan.

 

Xabarda qayd etilishicha, 1.06.2018 yildan boshlab haydovchilarning malakasini oshirish bilan «Avtotest Report» MChJ qatori davlat ta’lim muassasalari va tegishli litsenziyaga ega boʻlgan nodavlat ta’lim muassasalari ham shugʻullana oladi.

 

Avtotransport vositalarini qisqa muddatli ijara (prokat) va lizing asosida boshqarayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va boshqa jismoniy shaхslar malaka oshirmaydilar.