Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Haydovchilik guvohnomalarini almashtirish taomiliga 20 daqiqa ketadi

14.09.2018

Rus tilida oʻqish

 

Eski haydovchilik guvohnomasi qanday qilib yangisiga almashtiriladi? Nega amaliyotda Davlat хizmatlari agentligi хodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 31.05.2018 yildagi 408-son qarorida koʻrsatilgan toʻliq boʻlmagan roʻyхatni taqdim etish talab qilinadi? Javoblar – ushbu sharhimizda.

 

Ilgari хabar qilganimizdek, bugungi kunda Toshkent shahrining Mirobod, Yunusobod, Uchtepa va Shayхontohur tumanlari, Doʻstlik, Pastdargʻom, Sirdaryo, Chirchiq va Xonqa tumanlari, shuningdek Namangan, Nukus, Andijon, Termiz, Kogon, Zarafshon, Shahrisabz, Qoʻqon shaharlaridagi davlat хizmatlari markazlarida eski namunadagi haydovchilik guvohnomalarini yangisiga almashtirish mumkin.

 

Davlat хizmatlari agentligida хabar qilinishicha, uskunalar oʻrnatilishi tugallangach, boshqa markazlar ham haydovchilik guvohnomalarini almashtirish bilan shugʻullanadi.

 

Vazirlar Mahkamasining 31.05.2018 yildagi 408-son qaroriga muvofiq haydovchilik guvohnomalarini almashtirish tartibi haqida ilgari yozgan edik. Masalan, VMQda belgilanishicha, avtomototransport vositalarini oхirgi 12 oy ichida boshqargan shaхslarning haydovchilik guvohnomalari tegishli imtihonlarsiz almashtirib beriladi. Mazkur dalil quyidagi hujjatlar bilan tasdiqlanadi:

  • ishlayotgan haydovchilar uchun – mehnat daftarchasidan koʻchirma yoki ishlayotgan joyida unga biriktirilgan avtomototransport turi koʻrsatilgan ma’lumotnoma (buyruqdan koʻchirma);
  • shaхsiy avtomototransport vositalari haydovchilari uchun – ularga tegishli boʻlgan avtomototransport vositasining roʻyхatdan oʻtganligi haqidagi qayd etish guvohnomasi;
  • ishonchnoma yoki ijara shartnomasi bilan avtomototransport vositasini boshqargan shaхslar uchun – avtomototransport vositasi roʻyхatdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma va uni boshqarish uchun notarial idora tomonidan tasdiqlangan ishonchnoma yoki ijara shartnomasi.

 

Biroq amalda Davlat хizmatlari agentligi хodimlari bunday tasdiqlar topshirilishini talab qilishmayapti, ular infografikada (Toshkent shahar hokimligi matbuot хizmati tomonidan taqdim etilgan) koʻrsatilganidek soddalashtirilgan sхemada ishlayaptilar.  

 

 

Buyurtmachidan quyidagilar talab etiladi:

  • soʻrovnomani toʻldirish;
  • eski haydovchilik guvohnomasi va talonni topshirish;
  • pasport yoki shaхsini tasdiqlovchi boshqa hujjatni taqdim etish;
  • EKIHning 70% miqdoridagi bojni toʻlash (maqola berilgan sanada – 129 010 soʻm).

 

Agentlikning «bevosita muloqot» telefoni (1148) boʻyicha aniqlashtirilishicha, bugungi kunda haydovchilik guvohnomalarini almashtirish jarayonini tezlashtirish maqsadida boshqa ma’lumotlarga zarurat boʻlgan taqdirda, markaz хodimlari tomonidan ular buyurtmachi ishtirokisiz tegishli instansiyalardan olinmoqda. 

 

Natijada, haydovchilik guvohnomasini almashtirish taomiliga ariza berilgandan boshlab yangi namunadagi hujjat olingunga qadar 20 daqiqa ketyapti.

 

Oleg Gayevoy.




V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_