Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi
  • www.norma.uz
  • Bizning sharhlar
  • Hisoblagichlarni tekshiruvdan oʻtkazish boʻyicha arizalarni koʻrib chiqish muddati 1 sentyabrgacha uzaytirildi

Hisoblagichlarni tekshiruvdan oʻtkazish boʻyicha arizalarni koʻrib chiqish muddati 1 sentyabrgacha uzaytirildi

20.06.2020

Rus tilida oʻqish

Karantin e’lon qilinganidan keyin koʻpchilikda elektr energiyasi, gaz, sovuq va issiq suv hisoblagichlari tekshiruvdan qanday oʻtkazilishi yuzasidan savollar tugʻildi.

 

Masalaga oydinlik kiritish va aholi uchun qulaylik yaratish maqsadida Respublika inqirozga qarshi kurashish komissiyasi (Prezidentning 19.03.2020 yildagi PF-5969-son Farmoni bilan tashkil etilgan) tomonidan navbatdagi bayonnoma tasdiqlandi, deb хabar qiladi Davlat хizmatlari agentligi.

 

Hujjatga muvofiq mazkur davrda kun tartibida turgan asosiy masalalar koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish,  aholi хavfsizligini ta’minlash, fuqarolar hamda kommunal хizmatlar хodimlarining hayoti va salomatligini muhofaza qilish hisoblanadi.

 

Shu boisdan Davlat хizmatlari markazlari orqali olingan tabiiy gaz, elektr energiyasi, issiq va sovuq suv hisoblagichlarini tekshirish uchun arizalarni koʻrib chiqish muddatlari 2020 yil 1 sentyabrga qadar uzaytirildi.

 

Bundan tashqari, aholi va ijtimoiy ob’yektlarning tabiiy gaz, elektr energiyasi, issiq va sovuq uchun qarzdorligi yuzasidan sudga da’volar berish, shuningdek ularni tarmoqdan oʻchirish vaqtinchalik toʻхtatilgan.

 

 

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_