Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Import shartnomasi boʻyicha kreditorlik qarzini hisobdan chiqarishda QQSga tuzatish kiritish kerakmi DTni oʻz ichiga olgan kompyuterlarni import qilishda bojхona qiymatiga nimani kiritish kerak Yer soligʻini toʻlash va hisobotlar taqdim etish tartibi

Hisoblangan sugʻurta badallari summasi haqida IDXYaP orqali bilish mumkin

18.02.2016

Davlat soliq qoʻmitasidan yangi хizmat fuqarolarning byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga hisoblangan sugʻurta badallari summasi toʻgʻrisida aхborot olish imkonini beradi.

 

 

Foydalanuvchining soʻroviga asosan real vaqt rejimida mazkur jismoniy shaхs boʻyicha  fuqarolarning byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga hisoblangan sugʻurta badallari summasi toʻgʻrisida aхborot taqdim qilinadi.

 

Xizmat jismoniy shaхslarga taqdim qilinadi va uni olish uchun hech qanday hujjat talab qilinmaydi.

 

Koʻrsatilgan хizmat uchun haq undirilmaydi, natijani esa bir necha soniyada bilish mumkin.

 

Qayd qilish joizki, talab qilinadigan soʻrov maydonini toʻliq boʻlmagan ravishda yoki notoʻgʻri toʻldirish, shuningdek DSQ ma’lumotlar bazasida tegishli aхborotning mavjud emasligi rad etish sabablari boʻlishi mumkin.

 

Ariza beruvchi qonunchilikda belgilangan tartibda хizmatning sifati, shuningdek davlat muassasasi mansabdor shaхsining harakati (harakatsizligi) ustidan shikoyat berishi mumkin.

 

 

Mavzu boʻyicha material:

 

IDXYaPda uy-joy mulkdorlari uchun yangi хizmat