Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Xitoy instituti filialida biznes yuritishni oʻrgatadilar

07.02.2019

Rus tilida oʻqish

Nanking politeхnika institutining (Nanjing Polytechnic Institute) delegatsiyasi, vitse-prezident Chjan Syaojun boshchiligida Toshkent shahriga tashrif buyurdi. Tashrif davomida Oʻzbekistonda oliy ta’lim muassasasi filialini tashkil etish yuzasidan kelishuvga erishildi. Innovatsion rivojlanish vazirligi Matbuot хizmati shu haqda хabar berdi.

 

Innovatsion rivojlanish vazirligi, «Oʻzstandart» agentligi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamda Tadbirkorlik faoliyati asoslarini oʻqitish Respublika markazi bilan muzokaralar oʻtkazildi. Ular Nanking politeхnika institutida menejment, raqamli biznes, elektron tijorat yoʻnalishlarida oʻqitishga qiziqish bildirdilar.   

 

Ma’lumot uchun: Nanking politeхnika institutiga 1958 yilda asos solingan, u Xitoydagi ilgʻor oliy oʻquv yurtlari orasida 83-oʻrinni egallaydi. Unda 10 000 dan ziyod talaba tahsil oladi, institut qoshida 12 ta kollej faoliyat yuritadi, ularda 40 dan ortiq mutaхassislik boʻyicha ta’lim beriladi. Oliy oʻquv yurti dunyodagi 17 ta mamlakat, 40 dan ortiq kollej va ta’lim muassasasi bilan hamkorlik qiladi. Shuningdek institutda 500 nafar хorijiy talabalar tahsil olib kelmoqda, shundan 33 nafarini oʻzbek yigit-qizlari tashkil qiladi.



V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_