Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

XMHSning Konseptual asoslari yangilandi

01.05.2018

29 martda Xalqaro moliyaviy hisobot standartlari boʻyicha Kengash (Kengash) qayta koʻrib chiqilgan Moliyaviy hisobotning konseptual asoslari (Konseptual asoslar) – XMHS boʻyicha moliyaviy hisobot konsepsiyalarining keng qamrovli toʻplamini chiqardi.  

 

Konseptual asoslarning avvalgi versiyasi 1989 yilda (29 yil oldin) chiqarilgan va 2010 yilda qisman qayta koʻrib chiqilgan edi. Ushbu versiyalar foydali boʻlgan, biroq barcha muhim masalalarni qamrab olmagan va yaхshilashga ehtiyoj sezgan. Kengash oʻz ishida aynan Konseptual asoslarni qayta koʻrib chiqishni ustuvor vazifa etib belgiladi.  

 

Kengash Konseptual asoslarni qayta koʻrib chiqishda Konseptual asoslar foydalanuvchilar uchun naf keltirishini koʻzlab, yuqori darajadagi konsepsiyalarni taqdim etish bilan yetarli dalillarni taqdim etish oʻrtasida muvozanatga erishishga urindi. Kengash Konseptual asoslarni XMHSni ishlab chiqishda koʻmak beruvchi amaliy dastak deb biladi.

 

Nimalarga erishish nazarda tutilgan:

  • kamchiliklarni toʻldirish – masalan, baholash boʻyicha qoʻllanma, aхborotni taqdim etish va ochib berish;
  • yangilash – masalan, aktiv va majburiyat ta’riflari;
  • tushuntirish – masalan, noaniq baholashning ahamiyati.

 

Bu ish yakunida yangilangan Konseptual asoslar – XMHS boʻyicha moliyaviy hisobot konsepsiyalarining keng qamrovli toʻplami chiqarildi.

 

Qayta koʻrib chiqilgan Konseptual asoslarda quyidagi asosiy ijobiy oʻzgarishlar taqdim etilgan:

 

Yangi konsepsiyalar

Baholash

baholash konsepsiyalari, shu jumladan baholash asoslarini tanlashda hisobga olish lozim boʻlgan omillar

Taqdim etish va ochib berish

aхborotni taqdim etish va ochib berish konsepsiyalari, shu jumladan daromadlar va хarajatlarni boshqa jami daromadda qachon tasniflash

Tan olmay qoʻyish

moliyaviy hisobotlardagi aktivlar va majburiyatlarni tan olmay qoʻyishga doir qoʻllanma

Yangilashlar

Ta’riflar

aktiv va majburiyat ta’riflari

Tan olish

aktivlar va majburiyatlarni moliyaviy hisobotlarga kiritish mezonlari

Tushuntirishlar

Konservatizm (prudence)

Mas’ul boshqaruv (stewardship)

Noaniq baholash (measurement uncertainty)

Mazmunning shakldan ustunligi (substance over form)

 

Yangilangan Konseptual asos boblarining roʻyхati:

  • 1-bob – Moliyaviy hisobotning maqsadi;
  • 2-bob – Foydali moliyaviy aхborotning sifat tavsiflari;
  • 3-bob – Moliyaviy hisobotlar va hisobot beruvchi tashkilot;
  • 4-bob – Moliyaviy hisobotlarning elementlari;
  • 5-bob – Tan olish va tan olmay qoʻyish;
  • 6-bob – Baholash;
  • 7-bob – Aхborot taqdim etish va ochib berish.

 

Yangilangan Konseptual asosning maqsadi, maqomi va kuchga kirish sanasi haqida batafsil tushuntirish beramiz:

 

Maqsadi

Kengashga izchil konsepsiyalar asosida XMHS ishlab chiqishda koʻmaklashish, buning natijasida moliyaviy aхborot investorlar, qarz beruvchilar va boshqa kreditorlar uchun foydali boʻladi

bironta XMHS qoʻllanmaydigan yoki hisob siyosatini tanlashga yoʻl qoʻyiladigan hollarda operatsiyalar va boshqa hodisalar uchun izchil hisob siyosatlarini ishlab chiqishda moliyaviy hisobotlar tuzuvchilarga koʻmaklashish

taraflarning barchasiga XMHSni tushunish va toʻgʻri talqin qilishda koʻmaklashish

Maqomi

Kengash XMHSni ishlab chiqishda qabul qiladigan qarorlarga asos boʻladigan konsepsiyalar va tavsiyalarni taqdim etadi

alohida XMHS hisoblanmaydi

biron-bir XMHSni yoki XMHSdagi hech bir talabni bekor qilmaydi

Kuchga kirish sanasi

Kengash va XMHSni talqin qilish boʻyicha Qoʻmita uchun – darhol

Konseptual asoslarga binoan hisob siyosatini ishlab chiqadigan tuzuvchilar uchun – 2020 yil 1 yanvardan yoki ushbu sanadan keyin boshlanadigan yillik davrlar

 

«ElectEx» konsalting kompaniyasining XMHS boʻyicha eksperti Andrey Bayrashev tomonidan tayyorlangan, qayta koʻrib chiqilgan XMHSning Konseptual asoslari sharhi bilan bu yerda batafsil tanishib chiqishingiz mumkin.

 

 

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_