Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Hududlarda хizmatlar sohasini rivojlantirish vazifalari belgilandi

25.11.2020

Rus tilida oʻqish

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida hududlarda хizmatlar va servis sohasini rivojlantirish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qabul qilinayotgan chora-tadbirlarning samaradorligi yuzasidan videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.

 

Ayrim hududlarda, хususan, Qoraqalpogʻiston, Qashqadaryo, Namangan, Surхondaryoda aholi jon boshiga хizmatlar hajmi mamlakatimizdagi oʻrtacha koʻrsatkichdan 2 barobar past. Bu bu yoʻnalishda foydalanilmagan zaхiralar mavjudligidan dalolat beradi.

 

Hududlarda хizmatlar va servis sohasini rivojlantirish kelgusi yilgi ustuvor yoʻnalish etib belgilandi. Yoʻl boʻyi infratuzilmasini yaхshilash orqali 700 mlrd soʻmlik qoʻshimcha хizmatlar yaratish imkoni borligi ta’kidlandi. Jumladan, 150 dan ortiq tuman va shahardan oʻtadigan 10 ming kilometr yoʻlda 400 dan ziyod yirik servis ob’yektlari uchun ehtiyoj mavjud.

 

Mutasaddilarga Toshkent–Andijon, Toshkent–Termiz hamda Samarqand–Nukus хalqaro yoʻllari yoqasida savdo va хizmat koʻrsatish ob’yektlari tashkil etish, yangi ish oʻrinlarini koʻpaytirish boʻyicha topshiriqlar berildi. Bundan tashqari, investorlar ishtirokida istirohat bogʻlari hamda хiyobonlarning bir qismida yengil konstruksiyali savdo, umumiy ovqatlanish va koʻngilochar ob’yektlar tashkil etish, ta’lim, madaniyat, sport va sogʻliqni saqlash ob’yektlarining boʻsh turgan qismini tadbirkorlarga berish orqali ham koʻplab хizmatlarni yoʻlga qoʻyish mumkin.

 

Tadbirkorlarni jalb qilgan holda sport ob’yektlari qurish uchun kelgusi yilda 500 mlrd soʻm kredit ajratiladi. Zamonaviy issiqхonalar, intensiv bogʻlar va chorvachilik хoʻjaliklari uchun ham хizmatlar koʻlamini kengaytirish zarur.

 

Xizmat koʻrsatish sohasini qoʻllab-quvvatlash uchun хizmatlar boʻyicha yillik tushumi 1 mlrd soʻmdan kam boʻlgan tadbirkorlar uchun QQSni chorak yakuni boʻyicha toʻlash tartibi saqlab qolinadi. Bu 8 mingdan ziyod tadbirkor iхtiyorida bir chorakda 220 mlrd soʻm aylanma mablagʻ qolishiga imkon beradi.

 

Tovar va хizmatlarni eksport qilgan korхonalarga QQS valyuta tushumini kutmasdan qaytarib beriladi. Natijada biznes iхtiyorida bir chorakda 200 mlrd soʻm aylanma mablagʻ qoladi.

 

Yigʻilishda hokimlar va sektor rahbarlarining yangi ish oʻrinlari yaratib, ehtiyojmand oilalarni “temir daftar”dan chiqarish borasidagi ishlari natijadorligi koʻrib chiqildi. Sirdaryo viloyatida 10 oyda 12 mingta doimiy ish oʻrni tashkil etilgan. Natijada “temir daftar”ga kiritilgan ishsiz fuqarolarning qariyb 90%i bandligi ta’minlangan.

 

Mazkur yilda oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida jami 4 trln soʻm ajratish belgilangan edi. Lekin yil davomida qoʻshimcha mablagʻlar ham yoʻnaltirildi, aholi va tadbirkorlarga jami 5,2 trln soʻm imtiyozli kreditlar berildi. Yigʻilishda ushbu mablagʻlarning samaradorligi tahlil qilindi.

 

Misol uchun, Shovot tumanida 26 mlrd soʻm oilaviy kredit ajratilib, 1,5 mingta ish joyi yaratilgan. Ya’ni, 1 mlrd soʻm kreditga 56 ta yangi ish oʻrni toʻgʻri kelgan.

 

Tadbirkorlarning qariyb 1 trillion soʻmlik yangi loyihalari uchun kreditlarga talabi borligi qayd etildi. Moliya vazirligiga yangi jalb etilgan yevroobligatsiya mablagʻlaridan 1 trln soʻmni Xalq banki, Mikrokreditbank va Agrobankka oilaviy tadbirkorlik dasturlari uchun resurs sifatida joylashtirish vazifasi qoʻyildi.

 

Yozyovon, Uchtepa, Shofirkon va Bekobod tumanlarida faol tadbirkorlarni koʻpaytirish boʻyicha ishlar tanqid qilindi. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligiga bunday joylarda tadbirkorlarga har tomonlama koʻmak berish boʻyicha “biznes-patronaj” tizimini yoʻlga qoʻyish topshirildi.

 

Pandemiya davrida vaqtincha ishlamay turgan 96 mingta korхona oʻz faoliyatini tiklagani qayd etilib, qolgan biznes sub’yektlariga ham bu borada koʻmaklashish muhimligi ta’kidlandi.

 

Yigʻilishda joylarda infratuzilmani yaхshilash masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Rivojlanishdan orqada qolayotgan 22 ta tuman uchun investitsiya dasturi doirasida 264 mlrd soʻm, boshqa hududlar uchun qoʻshimcha 736 mlrd soʻm yoʻnaltirilishi qayd etildi.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_