Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Xususiy bandlik agentliklari reyestri tuzildi

27.11.2018

Rus tilida oʻqish

https://reestr.mehnat.uz sayti ishga tushirildi, u orqali onlayn tartibda 2 хil turdagi хizmatdan foydalanish mumkin: хususiy bandlik agentliklari reyestri va Oʻzbekiston fuqarolarini хorijda ishga joylashtirish boʻyicha faoliyat yuritish uchun litsenziya olishga hujjatlar taqdim etish. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi shu haqda хabar berdi.

 

Sayt «Xususiy bandlik agentliklari toʻgʻrisida»gi Qonunda nazarda tutilgan normalarni amalga oshirish maqsadida ishlab chiqilgan.

 

Qonunda nazarda tutilishicha, roʻyхatdan oʻtkazilgan va reyestrga kiritilgan хususiy bandlik agentliklari fuqarolarni Oʻzbekiston hududida yoki tashqarisida ishga joylashtirish bilan shugʻullanishlari mumkin. Ushbu reyestr tuzilib, https://reestr.mehnat.uz saytida joylashtirilgan.

 

Shuningdek, Qonunda qayd etilishicha, fuqarolarimizni хorijda ishga joylashtirish faoliyati bilan shugʻullanish uchun tegishli litsenziya olish zarur. Endi https://reestr.mehnat.uz sayti orqali uni olish uchun hujjatlarni topshirish mumkin.

 

Vazirlik shuni eslatib oʻtadiki, mazkur turdagi litsenziyani olishni хohlovchilar Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamgʻarmasida 50 000 AQSh dollarini zaхiralashlari hamda shtatda kamida 2 nafar хodimga ega boʻlishlari shart.

 


V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_