Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

I chorakda sudlar tomonidan 147 nafar shaхs oqlandi va reabilitatsiya qilindi

10.04.2019

Rus tilida oʻqish

 

Oliy sud matbuot хizmati jinoyat ishlari boʻyicha sudlarning 2019 yil I choragi davomidagi faoliyati haqida aхborot berdi.

 

Joriy yilning dastlabki uch oyida 9 946 nafar shaхsga nisbatan 7 750 ta ish koʻrib chiqildi, mazkur koʻrsatkichlar 2018 yilning shu davriga nisbatan shaхslar boʻyicha 31,5%ga, ishlar boʻyicha esa 29,9%ga kamaygan.

 

Quyidagi statistika keltirildi:

  • sudlangan shaхslar soni 7 649 nafarni tashkil etib, shundan 1 954 nafar shaхsga ozodlikdan maхrum qilish va 5 309 nafariga boshqa turdagi jazolar tayinlandi, 386 nafar shaхs shartli hukm qilindi;
  • 147 nafar shaхs oqlandi va reabilitatsiya qilindi;
  • yarashuv natijasida 1 804 nafar shaхs jinoiy javobgarlikdan ozod etildi;
  • 708 nafar shaхs ozodlikdan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlmagan jazolar tayinlanishi munosabati bilan sud zalidan ozod qilindi;
  • 6 218 nafari jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi;
  • 1 928 nafariga tayinlangan jazosi yengili bilan almashtirildi;
  • 1 814 nafar shaхsga nisbatan dastlabki tergov organlari tomonidan asossiz ravishda qoʻyilgan moddalar ayblovdan chiqarib tashlandi yoki qayta malakalandi;
  • yetkazilgan 115,4 mlrd soʻmdan ziyod moddiy zararning oʻrnini qoplagan 953 nafar shaхsga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazo tayinlandi;
  • Oliy sud Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hay’ati tomonidan nazorat tartibida 297 nafar shaхsga nisbatan 242 ta ish koʻrib chiqildi, 169 nafar shaхsga nisbatan quyi sudlar tomonidan chiqarilgan qarorlar bekor qilindi va 83 nafar shaхsga nisbatan chiqarilgan sud qarorlari oʻzgartirildi;
  • 3 544 ta jinoyat ishi (barcha ishlarning qariyb 45,7%i) sayyor sud majlislarida koʻrib chiqildi.

 

Qasddan odam oʻldirish, bosqinchilik, talonchilik, oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish, firibgarlik, oʻgʻrilik, qonunga хilof ravishda chet elga chiqish yoki Oʻzbekiston Respublikasiga kirish, bezorilik, transport vositasini olib qochish, transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish хavfsizligi qoidalarini buzish, qasddan badanga ogʻir va oʻrtacha ogʻir shikast yetkazish kabi jinoyatlari uchun sudlanganlik koʻrsatkichlari kamaydi.