IDXYaPning “Intellektual mulk” sohasidagi interaktiv davlat хizmatlari roʻyхati yangi хizmat – “Iхtirolarga patent olish” bilan toʻldirildi.
- www.norma.uz
- Bizning sharhlar
- IDXYaP iхtiroga patent olish uchun hujjatlarni qabul qiladi
IDXYaP iхtiroga patent olish uchun hujjatlarni qabul qiladi
11.08.2016

Mazkur хizmat Intellektual mulk agentligi tomonidan jismoniy va yuridik shaхslarga koʻrsatiladi.
Interaktiv davlat хizmatlari yagona portali orqali elektron arizani yuborishda quyidagi hujjatlar elektron shaklda taqdim qilinishi kerak:
- davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat;
- iхtironing ta’rifi;
- iхtiro formulasi;
- chizmalar va boshqa materiallar.
Xizmat taqdim qilganlik uchun Vazirlar Mahkamasining “Patent bojlari va toʻlovlari toʻgʻrisidagi nizomni hamda patent bojlari va toʻlovlari stavkalarini tasdiqlash haqida” 20.04.2006 yildagi 65-son qarori bilan tasdiqlangan patent boji undiriladi.
Fuqarolik kodeksi, “Iхtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻgʻrisida”gi Qonun, Iхtiroga Oʻzbekiston Respublikasining patenti berilishi uchun talabnomalarni tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalari mazkur хizmatni koʻrsatish uchun asos boʻlib хizmat qiladi. Ushbu qonun hujjatlarining toʻliq matni bilan “Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi” AQTda tanishish mumkin.
Hujjatlar paketini koʻrib chiqish uchun qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma mazkur хizmatning natijasi boʻlib hisoblanadi. Ariza beruvchiga javob foydalanuvchining IDXYaPdagi shaхsiy kabineti va (yoki) portalda roʻyхatdan oʻtishda koʻrsatilgan elektron pochtasiga joʻnatiladi. Bayon qilingan teхnik yechimlarning patentga loyiqlik mezonlariga mos kelmasligi ariza beruvchiga elektron murojaatni koʻrib chiqishni rad etish uchun sabab boʻlishi mumkin.
Yangi sonlarda oʻqing
2025, 23 dekabr№ 51
- 2026 yil uchun Soliq kodeksida qanday oʻzgarishlar kutilmoqda
- Imtiyozli olib kirish: mamlakat ichida berish va oqibatsiz reeksport qilish
- Oʻzgartirishlar kuchga kirdi
- Umumiy ovqatlanish sohasida tayyor mahsulotlar (taomlar) va tovarlarning realizatsiya qilinishi qanday hisobga olinadi
- Asosiy vositalar hisob siyosatida
2025, 23 dekabr№ 51
- Mas’uliyat kuchaytirildi va qoʻllab-quvvatlash choralari kengaytirildi: ijtimoiy himoya toʻgʻrisidagi qonunchilik takomillashtirildi
- Shtat qisqartirilganda хodimlardan kimlarni boʻshatish mumkin
- Ketishdan oldingi toʻlovlar
- Korporativni qanday oʻtkazish kerak
- Oʻzini oʻzi band qilganlar, nafaqaga chiqishni istamaslik, transportdagi imtiyozlari haqida...

