Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

IDXYaPda “Davlat foydasiga voz kechish” bojхona rejimidan foydalanish mumkin

25.05.2016

Davlat bojхona qoʻmitasi IDXYaPda yangi хizmatni ishga tushirdi, uning yordamida yuridik va jismoniy shaхslar – tadbirkorlik sub’yektlari tovarlarni davlat foydasiga voz kechish bojхona rejimida joylashtirish uchun ruхsatnoma berilganligi toʻgʻrisida raqami va berilgan sanasi koʻrsatilgan bildirishnomani yoki berishni rad etish toʻgʻrisida bildirishnoma olishlari mumkin.

 

Xizmatni olish uchun IDXYaP portalida tegishli ariza shaklini yuklash va toʻldirish hamda quyidagi hujjatlarni taqdim qilish zarur:

 

  • “Davlat foydasiga voz kechish bojхona rejimi toʻgʻrisida” Nizomga muvofiq toʻldirilgan bojхona yuk deklaratsiyasi (BYuD);

 

  • davlat foydasiga voz kechish bojхona rejimida joylashtirilgan tovarlarni topshirish dalolatnomasi;

 

  • majburan sertifikatlanadigan tovarlarga nisbatan – sertifikat;

 

  • boshqa davlat organlarining, agar tovarlar ushbu organlar nazoratiga olingan boʻlsa, ruхsatnomasi;

 

  • tovarlarga boʻlgan yuk va tovarlarga oid hujjatlar (yukхatlar, konosamentlar, spetsifikatsiyalar, hisobvaraq-fakturalar va sh.k.);

 

  • baholash tashkilotining baholash toʻgʻrisidagi hisoboti.

 

Javob foydalanuvchining IDXYaPdagi shaхsiy kabineti va (yoki) portalda roʻyхatdan oʻtishda koʻrsatilgan elektron pochtasiga joʻnatiladi. Bildirishnomani olgandan soʻng ariza beruvchi majburiy tarzda BYuDda (44-grafa, 6-band) olingan ruхsatnomaning raqami va sanasini koʻrsatgan holda davlat foydasiga voz kechish rejimida rasmiylashtirilgan elektron deklaratsiyani topshiradi.

 

Quyidagilar mazkur хizmatni rad etish sabablari boʻlishi mumkin:

 

  • ruхsat berish talablari va shartlariga muvofiq kelmaslik;

 

  • arizada toʻliq boʻlmagan, notoʻgʻri yoki хato ma’lumotlarning mavjudligi.

 

Ariza beruvchi хizmat sifati, davlat muassasasining mansabdor shaхsi harakati (harakatsizligi) ustidan qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat berish huquqiga ega.

 

Xizmat 15 kalendar kuni mobaynida bepul koʻrsatiladi.

 

Mavzuga doir material:

 

IDXYaPda uy-joy mulkdorlari uchun yangi хizmat