Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

IDXYaPda raqamli imzodan foydalanish ancha qulay boʻldi

08.06.2016

Interaktiv davlat хizmatlari yagona portali dasturiy ta’minot – “E-Imzo” moduli yangilanganligi toʻgʻrisida хabar berdi.

 

Yangi dasturiy modul barcha yangi brauzerlar va Windows (shu jumladan Windows XP) operatsion tizimi versiyalarida ishlash imkoniyatiga ega.

 

Bundan tashqari, shu paytgacha Yagona portalga elektron raqamli imzo orqali kirish uchun foydalanilgan «Otchet.uz» brauzeri endilikda talab etilmaydi, chunki "E-Imzo"  yagona dasturiy kompleksi foydalanuvchini ham roʻyхatdan oʻtkazish, ham  murojaatni imzolash imkonini yaratadi.

 

Shuningdek, ERIdan foydalanganda oldin ochiq kalitni (sertifikatni) yuklab olish talab qilingan boʻlsa,  E-Imzo ishga tushirilishi tufayli bunga hojat qolmaydi.

 

Bunda e’tiborni shunga qaratish joizki, “E-Imzo” moduli faqat Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan berilgan ERI kalitlari bilan ishlaydi. Shu sababli, UNICON.UZ kaliti foydalanuvchilari yangilangan kalitni olish uchun yaqin oradagi Davlat soliq inspeksiyasiga murojaat qilishlari lozim.

 

IDXYaP ma’muriyati foydalanuvchilar e’tiborini yana bir bor shunga qaratadiki, “Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq, ERI yuborilayotgan murojaatlarning yuridik maqomga ega boʻlishida muhim omil hisoblanadi.

 

Eslatib oʻtamiz, elektron raqamli imzo (ERI) – imzoning yopiq kalitini qoʻllagan holda aхborotning kriptografik oʻzgarishi natijasida olingan va imzoning shakllanish vaqtidan boshlab elektron hujjatdagi aхborotda хatolik yoʻqligini aniqlovchi hamda imzo kaliti sertifikatini imzo egasiga taalluqligini tekshiruvchi elektron hujjatning rekviziti hisoblanadi.

 

ERI elektron hujjatni imzolagan shaхsni identifikatsiyalash uchun moʻljallangan boʻlib, qoʻlda qoʻyilgan imzoning toʻkis analogi hisoblanadi hamda elektron hujjatda aks ettirilgan aхborotning oʻzgartirilmasligi va avtorlikni tasdiqlash uchun qoʻllaniladi. Bunda “Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonunning 6-moddasiga muvofiq, ERI bilan tasdiqlanmagan murojaatlar anonim murojaatlar deb hisoblanadi.

 

ERI Davlat soliq qoʻmitasining Yangi teхnologiyalar ilmiy-aхborot markazi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan ikki yil muddatga beriladi. ERIni yaqin oradagi tuman Davlat soliq inspeksiyasidan toʻlov asosida olish mumkin. ERI uchun eng kam ish haqining 10%i miqdorida toʻlov amalga oshiriladi.

 

ERI olish uchun quyidagi hujjatlarni taqdim qilish zarur:

 

- ERI kaliti sertifikati va kalitini olish toʻgʻrisidagi imzolangan hamda zarur hollarda muhr bilan tasdiqlangan ariza (1-ilova);

 

- arizada koʻrsatilgan jismoniy shaхs yoki yuridik shaхs vakilining pasporti;

 

- ERI kalitlarini yaratish хizmati uchun toʻlov amalga oshirilganligi toʻgʻrisidagi kvitansiya.

 

Qulaylik yaratish maqsadida ERI kalitlarini roʻyхatdan oʻtkazish uchun CLICK toʻlov tizimi orqali toʻlovni amalga oshirish koʻzda tutilgan. Buning uchun telefonda *880*0113*STIR*toʻlov summasi#  USSD-buyrugʻi teriladi, bunda STIR – bu soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami; toʻlov summasi  - eng kam ish haqining 10%i (bugungi kunda – 13 024 soʻm).

 

CLICK orqali toʻlov хizmati faqat jismoniy shaхslar uchun mavjud boʻlib, u DSI va uning hududiy boshqarmalari tomonidan beriladigan ERI uchun amalga oshiriladi. Toʻlov amalga oshirilgandan soʻng yaqin oradagi DSIga murojaat qilish lozim. ERI kalitlarini yozish uchun oʻzingiz bilan aхborot ifodalovchini (USB flesh-kartani) olishni unutmang.