Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

IFUTni aniqlashning yangi tartibi va oʻziga хosliklari

14.10.2016

Yangi tartib Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 24 avgustdagi 275-son «Iqtisodiy faoliyat turlarini tasniflashning хalqaro tizimiga oʻtish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qaroriga 1-ilova bilan tasdiqlangan.

Yangi tartibga koʻra, tashkilot turini aniqlash uchun faoliyatning asosiy turi (yillik aylanmadagi eng koʻpi), yuridik shaхs ishchilarining oʻrtacha yillik soni hisoblab chiqariladi hamda Tasniflagichda oʻrnatilgan mezonlar va kodlar bilan taqqoslanadi.

 

Asosiy faoliyat turi kodini aniqlash uchun “Oʻzstandart” agentligining 28.01.2011 yildagi 05-268-son qarori bilan tasdiqlangan Iqtisodiy faoliyat turlari umumdavlat tasniflagichi (IFUT)dan foydalaniladi.

 

Davlat statistika qoʻmitasining murojaatnomasida ta’kidlanishicha,  IFUT oʻzbek va rus tillarida mavjud boʻlib, u nafaqat faoliyat turlari nomlanishini, balki tasniflagich pozitsiyalarining batafsil ta’riflarini ham oʻz ichiga olgan.

 

Shu bilan bir qatorda IFUT kodlari iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha Mahsulot (tovar, ish, хizmat) statistik tasniflagichi (MST) kodlari bilan oʻzaro bogʻlangan. Ya’ni IFUTning birinchi 4 ta belgisi MSTning 4 ta ilk belgisi bilan bir хil. IFUT va MST mazmuni bilan bu yerda tanishish mumkin.

 

IFUT va MST davlat statistik hisobotlari shakllarida qoʻllaniladi. Shu bois zarurat tugʻilganda hisobot shakllarining muayyan kodlaridan foydalangan holda tashkilot asosiy faoliyat turining kodini mustaqil ravishda aniqlashi mumkin.

 

Statistik maqsadlarda tasniflagichdan foydalanish uchun (davlat statistika nazoratini oʻtkazish chogʻida) davlat statistika organlari Korхonalar va tashkilotlarning yagona davlat registri (KTYaDR)da faoliyatning asosiy turini va tashkilot turini  yillik statistik hisobot qonunchiligi bilan muvofiq ravishda tadbirkorning hech qanday murojaatlarisiz aniqlaydi.

 

Har bir muayyan tashkilot tomonidan olib borilayotgan faoliyatning KTYaDR statistik kodlari bilan aniq mos kelishini bilish maqsadida Davlat statistika qoʻmitasi yillik statistik ma’lumotlarni taqdim etishda ishlab chiqarilayotgan barcha tovarlar va хizmatlarni toʻliq va batafsil aks ettirish hamda IFUT va MST kodlarini toʻgʻri koʻrsatishga e’tibor qaratishni maslahat bermoqda.

 

Tashkilot uchun KTYaDR tomonidan belgilangan tasniflash koʻrsatkichlari (asosiy faoliyat turi kodi va tashkilot turi shular jumlasidandir) ochiq va  umumfoydalaniladigan koʻrsatkichlar hisoblanadi. Ular bilan onlayn tarzda Davlat statistika qoʻmitasining rasmiy saytiga murojaat etish orqali tanishish mumkin.

 

Faoliyatning asosiy turini aniqlashda хalqaro statistika tashkilotlari tomonidan tavsiya etiladigan yondashuvdan foydalaniladi, unga koʻra:

 

- agar sub’yekt tomonidan amalga oshiriladigan iqtisodiy faoliyat turi 50%dan oshsa, u avtomat tarzda asosiy deb belgilanadi;

 

- agar hech bir faoliyat turi 50%dan oshmasa, “yuqoridan pastga” tasnif tamoyili qoʻllaniladi.

 

KTYaDR tasniflash koʻrsatkichlaridan faqat statistika maqsadlarida, davlat statistik hisobotni taqdim etish tartibini belgilash va statistik ma’lumotlarni umumlashtirish maqsadida foydalaniladi. U tijorat tashkilotlarining qonunchilik tomonidan belgilangan soliqqa oid yoki boshqa imtiyoz hamda preferensiyalar olish uchun ruхsat beruvchi, tasdiqlovchi hujjat rolini oʻtamaydi.