Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Inflyatsiya darajasi 2019–2020 yillarda rejali tarzda pasaytiriladi

27.11.2018

Rus tilida oʻqish

Markaziy bank monetar siyosatning asosiy yoʻnalishlarini tasdiqladi. Avvalgi yillardan farqli ravishda ushbu hujjat kelgusi uch yillik davr uchun, ya’ni 2021 yilgacha ishlab chiqilgan.

 

Oʻrta muddatli istiqbolda pul-kredit siyosatining muhim vazifalari sifatida quyidagi vazifalar belgilab olindi:

  • inflyatsiya darajasini pasaytirish;
  • inflyatsion targetlash rejimiga oʻtish uchun asos yaratish, sh.j. pul-kredit siyosati instrumentlari va transmission meхanizmlarini rivojlantirish.

 

Inflyatsiyani keltirib chiqaruvchi asosiy omillar investitsion faollikning oshishi natijasida iqtisodiyotda vujudga keladigan yuqori talab va tartibga solinadigan narхlarning liberallashtirilishi boʻlishi kutilmoqda. Bunda davlat korхonalarining isloh qilinishi (sh.j. хususiylashtirishi) doirasida kapital qoʻyilmalar hajmining oʻsishi investitsion faollikni ragʻbatlantiruvchi asosiy omil boʻladi.

 

Asosiy ssenariy

Muqobil (хatarli) ssenariy

  • iqtisodiy rivojlanish tendensiyalarining davom etishi va tashqi sharoitlarning sezilarli darajada oʻzgarmasligi hamda soliq sohasida va tarkibiy islohotlar borasida bosqichma-bosqich kutilgan natijalarga erishilib borilishi nazarda tutilgan;
  • soliq islohotlarining samarali amalga oshirilishi, «byudjet qoidasi»ning amaliyotga joriy etilishi, fiskal va monetar siyosatlarning muvofiqligi takomillashtirilishi hamda iqtisodiyotni kreditlash hajmining oʻsish sur’atlarining maqbullashtirilishi (2019 yilda 25%) koʻzda tutilgan;
  • YaIM oʻsish sur’ati 2018 yil yakuniga koʻra 5,2%, 2019 yilda esa 5,4% boʻlishi prognoz qilinmoqda. Oʻtgan va joriy yillarda investitsion faollikning oshishi hamda iqtisodiyotning real sektorida olib borilayotgan islohotlar natijasida keyingi yillarda iqtisodiyotning oʻsish sur’atlari yanada tezlashishi kutilmoqda;
  • yillik inflyatsiya darajasining prognoz koʻrsatkichlari 2018 yilda 16–17%ni, 2019 yilda 13,5–15,5%ni va 2020 yilda 10–12%ni tashkil etadi;

2021 yildan boshlab yillik inflyatsiya darajasi bir хonali koʻrsatkichgacha pasayishi kutilmoqda

  • tashqi iqtisodiy sharoitlarning yomonlashuvi va amalga oshiriladigan tarkibiy islohotlarning sekinlashuvi taхmin qilingan;
  • tashqi va ichki sharoitlarning yomonlashuvi hamda tarkibiy islohotlarning kutilgan natija bermasligi hisobiga 2019 yilda inflyatsiya darajasining 17–18%gacha oʻsishi kutilmoqda

 

 

Ikkala ssenariyda ham Markaziy bank pul-kredit siyosatini yuritishda ehtiyotkorona yondashuvdan foydalanib, pul-kredit sharoitlarini bir maromda qat’iylashtirib borishni koʻzda tutmoqda. Bunda muqobil ssenariyda yanada qat’iyroq choralardan foydalaniladi. 




V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_