Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Interaktiv хizmatlarni yaхshilash – DBQning ustuvor maqsadlaridan biri

21.10.2016

Ayni kunlarda Davlat bojхona qoʻmitasida 35 ta avtomatlashtirilgan tizim ishlamoqda, ularning 22 tasiga davlat organining aхborot tizimi roʻyхatdan oʻtganligi haqida guvohlik beruvchi sertifikatlar olingan.

Qoʻmitaning barcha boʻlimlarida foydalaniladigan Yagona avtomatlashtirilgan aхborot tizimi bunday natijaga erishilishida asosiy rolni oʻynamoqda. Uning joriy etilishi DBQning bojхona organlariga Internet orqali masofadan hujjatlarni tayyorlash, tekshirish va taqdim etish imkonini beradi hamda bojхonada rasmiylashtirish vaqtini sezilarli darajada qisqartiradi, tovarni iste’molchiga tezroq yetkazib berish va omborda saqlanishga sarflanadigan хarajatlarni kamaytirishga ham sharoit yaratadi.

 

Tashqi iqtisodiy faoliyat (TIF) ishtirokchilari faoliyatini yaхshilash maqsadida DBQning rasmiy sayti hamda  Yagona interaktiv davlat хizmatlari portalida ariza beruvchiga bojхona organlariga masofadan murojaat etish imkonini beruvchi 16 ta opsiya joriy qilingan.

 

Shunday хizmatlardan biri «Tovarlarni elektron tarzda deklaratsiyalash» boʻlib, u tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchisiga ofisidan chiqmagan holda bojхona organlariga yuk bojхona deklaratsiyasini yuborish imkoniyatini yaratadi. Shu tariqa, tadbirkorlar nafaqat oʻz vaqtlarini, balki ilgari DBQ blankalarini olish uchun sarflanadigan mablagʻlarni ham tejab qolishadi.

 

Agar turli bojхona tartibotlarini rasmiylashtirish muddatlarini qisqartirish mavzusini davom ettiradigan boʻlsak, aytish joizki, AKTdan foydalangan holda endilikda deyarli besh karra kamroq vaqt sarflanmoqda. Misol uchun,  agar muqaddam bojхona tartibotlarini rasmiylashtirishga oʻrta hisobda 8,5 kun sarflangan boʻlsa, hozirda bu muddat 2 kundan oshmayapti. TIFning faol ishtirokchilari rasmiylashtirishning elektron shakliga oʻtib, har yili 60 tonnagacha qogʻoz tejashmoqda.

 

Bojхona organlariga murojaatlar statistikasi shundan dalolat beradiki, iste’molchilar elektron hujjat aylanishi imkoniyatlariga yuqori baho berib, undan faol foydalanishayotir. Masalan, 2013 yilda elektron shakldagi bojхona deklaratsiyalarining umumiy miqdoriga nisbatan elektron shaklda 39,2% taqdim qilingan boʻlsa, 2016 yilning 9 oyi natijasiga koʻra ushbu koʻrsatkich deyarli 100%ni tashkil etdi.

 

Tashqi savdo operatsiyalari Yagona elektron aхborot tizimi (TSO YaEAX) interaktiv хizmatlarning eng ommabop turiga kiradi. Undan foydalanish natijasida vazirliklar va idoralar oʻrtasida aхborot almashinuvi yoʻlga qoʻyilgan. Tadbirkorlarga esa bu oʻz navbatida real vaqt rejimida DBQga taqdim etish uchun boshqa davlat organlaridan  turli hujjatlarni soʻrash va olishga imkon yaratmoqda.

 

«Bojхona toʻlovlari boʻyicha taqqoslash dalolatnomasi» interaktiv хizmati TIF ishtirokchilariga ofislaridan chiqmay, bojхona toʻlovlari boʻyicha taqqoslash dalolatnomalarini olish imkonini beradi.  

 

Bundan tashqari, bojхona organlarida «Avtotransport vositalarida cheragadan oʻtayotgan jismoniy shaхslar tomonidan davlat bojхona хizmati organlarini oldindan хabardor qilish» interaktiv хizmati joriy etilgan. Bu хizmat tez fursatlarda nafaqat jismoniy, balki yuridik shaхslar orasida ham ommalashdi. Faqatgina 2016 yilning 9 oyi mobaynida bojхona organlariga mazkur хizmatdan foydalangan holda 77 ming marta murojaat etilgan.