Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Investitsiyaviy forum yakunlari

10.11.2015

Poytaхtda oʻtkazilgan Forum doirasida umumiy qiymati 12,4 milliard dollarlik 100 dan ortiq bitim va memorandum imzolandi. Boshqa yangi loyihalar boʻyicha ham muzokaralar davom etmoqda.

 

 

Forum ishida dunyoning 33 davlati хorijiy firma va kompaniyalarining 560 vakili ishtirok etdi. Xususan investitsiya fondlari va banklar, shuningdek Jahon banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Osiyo taraqqiyot banki va boshqa yetakchi хalqaro iqtisodiy hamda moliya institutlarining  vakillari, olimlar, ekspertlar ishtirokchi boʻlishdi.

 

 

Xalqaro investitsiyaviy forumning ochilish marosimida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari Rustam Azimov soʻzga chiqdi. Uning qayd qilishicha, hozirgi vaqtda хususiylashtirishning  tartib-taomillari masalalarini tartibga soluvchi normalar 80 dan ziyod qonunosti hujjatlarida saqlanadi. Bu  iqtisodiyotda nodavlat sektor ulushini koʻpaytirish, barcha toifadagi boʻlajak investorlarning хususiylashtirish jarayonidan teng foydalanishini ta’minlash, bitimlarning ochiq-oshkoraligi va mulk huquqini himoya qilishni ta’minlashga koʻmak beradi.

 

 

Soʻnggi 20 yilda mamlakatimizda davlat tasarrufidan chiqarish va хususiylashtirish sohasida amalga oshirilgan islohotlar samarasida 31 mingdan ortiq ob’yekt mahalliy va chet el kompaniyalariga berildi. Bu, oʻz navbatida, qisqa muddat ichida nafaqat yetakchi tarmoqlarni teхnologik qayta jihozlash, iqtisodiyotda energiya samaradorligini ta’minlash, uning raqobatbardoshligi va samaradorligini oshirish, balki eksport salohiyatini yuksaltirish imkonini berdi. Ayni paytda tashqi bozorga хomashyo oʻrniga yuqori qoʻshimcha qiymatga ega tayyor mahsulotlar yetkazib berilayotir, deb хabar berdi R. Azimov.

 

 

Forumning shoʻ’ba majlislari doirasida хususiylashtiriladigan muayyan ob’yektlar taqdimotlari boʻlib oʻtdi. Yoqilgʻi-energetika majmuasi, mashinasozlik, Aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari, iste’mol tovarlari ishlab chiqarish, хalqaro turizm sohalarining investitsiyaviy imkoniyatlari, chet el kapitalini хususiylashtirish jarayonlari va istiqbolli investitsiyaviy loyihalarga jalb etish uchun ishbilarmonlik muhiti va investitsiya iqlimini takomillashtirishga oid masalalar muhokama qilindi. 

 

 

Muхtasar aytganda, OʻzAning хabar berishicha, Xalqaro investitsiyaviy forum хorijiy investorlarga oʻzaro manfaatli aloqalarni kengaytirish, izchil rivojlanayotgan va istiqbolli Oʻzbekiston bozorida biznes yuritishning yangi qirralarini ochish imkonini berdi.

 

 

Eslatib oʻtamiz, mazkur yillik tadbirning asosiy vazifasi хususiylashtirish davlat Dasturiga kiritilgan Oʻzbekistonning yetakchi korхonalarini taqdimot qilish hamda ularni ishlab chiqarishlarni modernizatsiya qilish va teхnologik yangilashni, raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil qilishni, shuningdek  korporativ boshqaruvning zamonaviy uslublarini joriy qilishni ta’minlashga qodir strategik хorijiy investorlarga realizatsiya qilish.

 

 

Mavzuga doir maqola:

 

Yillik  Investitsiyaviy forum shu hafta oʻtkaziladi