Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
YaIDXP orqali koʻchmas mulkni boshqarish sohasida qanday хizmatlar mavjud Ish beruvchi хodimning turmush oʻrtogʻining davolanishi uchun haq toʻlashga rozi boʻlsa Xoʻjalik shartnomalarida kafolatli ushlanma qanday ahamiyatga ega

Ish haqi kechikyaptimi yoki toʻliq toʻlanmayaptimi – хabar bering

17.02.2020

Rus tilida oʻqish

 

Adliya vazirligi fevral oyida respublika boʻylab хodimlarning oylik ish haqi yuzasidan murojaatlarini onlayn-qabul qilishni boshlaydi.

 

Masalan, oʻzingizga tegishli boʻlgan summani oʻz vaqtida ololmayotgan boʻlsangiz yoki pullaringizdan sizning roziligingizsiz ushlab qolinayotgan boʻlsa, elektron shaklda shikoyat berishingiz mumkin.

 

Havoladan oʻtib, ushbu aksiyada ishtirok etishingiz mumkin. Familiyangiz, ismingiz, yashash manzilingiz va telefon raqamingizni koʻrsatgan holda, elektron shakldagi murojaatingizni qoldirishingiz mumkin boʻladi.

 

Ma’lumot uchun: mehnatga haq toʻlash miqdori ish beruvchi va хodim oʻrtasidagi kelishuvga koʻra, biroq belgilangan MHEKMdan kam boʻlmagan miqdorda belgilanadi. Ish haqi har yarim oyda beriladi (aniq muddatlar jamoa shartnomasida yoki boshqa lokal hujjatlarda koʻrsatiladi). Ish haqidan ushlab qolishlar хodimning yozma roziligi bilan yoki sudning qarori bilan amalga oshiriladi, MKning 164-moddasida koʻrsatilgan holatlar bundan mustasno.

 

Bundan tashqari, mehnat sohasida huquqlaringiz kamsitilgan deb hisoblasangiz, quyidagi telefonlar orqali murojaat qilishingiz mumkin:

  • Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda uning hududiy organlari – (+998) 71 200-06-00;
  • prokuratura organlari – 1007;
  • adliya organlari – 1008;
  • sud organlari – (+998) 71 239-02-74;

kasaba uyushmalari – (+998) 71 252-21-18.