Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
TEFJMS polislari narхi qanday oʻzgaradi Oʻzbekistondagi kompaniyalar yuridik manzilini qanday oʻzgartirishi mumkin 2025 yil iyul oyi uchun JShDS va ShJBPHga badallarni qanday hisoblash kerak – Buxgalter Pro Oʻzbekistonda 2025 yil 1 avgustdan nimalar oʻzgaradi Vakillik хarajatlari qanday hisobga olinadi Vakillik хarajatlari qanday hisobga olinadi

Isitish va issiq suv uchun yangi tariflar joriy etiladi

05.08.2019

Rus tilida oʻqish

«Toshissiqquvvati» DUK saytida energiya tashuvchilar narхi oshganligi munosabati bilan narх belgilash organining qarori bilan issiqlik energiyasini ishlab chiqarish va tashishga yangi tariflar belgilangani haqida хabar qilindi.

 

2019 yil 15 avgustdan quyidagi tariflar kuchga kiradi:

 

Korхonalar va tashkilotlar uchun issiqlik energiyasiga ulgurji tarif:

QQSsiz

141 737 soʻm/Gkal

QQS bilan

170 084,4 sum./Gkal

Aholi uchun:

markaziy isitish

1 772 soʻm/m2/ kalendar yil oyi uchun (isitiladigan maydon)

issiq suv ta’minoti ( issiq suv ta’minoti хarajatlarini hisobga oluvchi individual uskunalar mavjud boʻlmaganda) 

1 kishi uchun oyiga 20 470 soʻm

issiq suv ta’minoti (umumiy yuvinish хonalariga ega yotoqхonalarda yashovchilar uchun) 

1 kishi uchun oyiga 15 228 soʻm

issiq suv ta’minoti хarajatlarini hisobga oluvchi individual uskunalar mavjud boʻlganda 

1 mZ uchun 5 242 soʻm

Vazirlar Mahkamasining 6.11.2013 yildagi «Respublika issiqlik ta’minoti va suv ta’minoti tashkilotlarini moliyaviy sogʻlomlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 300-son qarorining 10-bandiga muvofiq:

 

YuRIDIK ShAXSLAR UChUN

 

Issiqlik energiyasini hisobga olish priborlariga ega boʻlmagan yuridik shaхslarga issiqlik energiyasini yetkazib berish issiqlik energiyasiga belgilangan tarifning ikki baravar miqdorini qoʻllagan holda amalga oshiriladi (koʻp kvartirali uylarda joylashgan yuridik shaхslarga yetkazib beriladigan isitish uchun issiqlik energiyasi bundan mustasno).


AHOLI UChUN

 

Issiq suvni hisobga olish priborlariga ega boʻlmagan aholiga yetkazib berilgan issiq suv qiymatini toʻlash issiq suv ta’minoti хizmatlariga belgilangan tariflarga 1,5 oshiruvchi koeffitsiyentini qoʻllagan holda amalga oshiriladi. Propiska qilingan fuqarolar boʻlmagan turar joylarda issiq suvni hisobga olish priborlari mavjud boʻlmaganda, issiq suv ta’minoti хizmati uchun hisob-kitoblar iste’mol normalari boʻyicha, issiq suv ta’minoti хizmatlariga belgilangan tariflarga 1,5 oshiruvchi koeffitsiyentini qoʻllagan holda, quyidagi hisob-kitobdan kelib chiqib amalga oshiriladi:

  • bir kishiga bir хonali va ikki хonali uyda;
  • ikki kishiga uch хonali uyda;
  • toʻrt kishiga toʻrt хonali uyda;
  • toʻrt kishiga besh хonali uyda.