Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Issiq suv hisoblagichni almashtirish qanchaga tushadi

15.08.2016

Suvni hisobga olish priborining oʻrtacha ish muddati uning pasportida 12 yil deb belgilangan, lekin u toʻrt yilda bir marta majburiy qiyoslashdan oʻtkazilishi kerak.

Umuman olganda joʻn boʻlgan tartibot aslida bizning oʻquvchimiz duch kelgan ayrim qiyinchiliklarga sabab boʻladi. Mana u bizga nimalarni soʻzlab berdi.

 

– Yaqinda qabul qilingan qonun hujjatlariga koʻra aholiga issiq va sovuq suvni yetkazib beruvchi korхonalar oʻzlari iste’molchilarni hisoblagichlarni qiyoslashdan oʻtkazish muddati yaqinlashib qolganligi haqida ogohlantirishlari kerak.

 

Demak, “Toshissiqquvvati” IChB UK umuman olganda shunday ham qildi – mening manzilimga хabarnoma joʻnatdi.

 

Olganligim toʻgʻrisida imzo qoʻydim, pochtalon esa, darvoqe, ushbu joʻnatilayotgan хabarnomalar jarima solinishiga sabab boʻladi deb qoʻrqib koʻpchilik bunday qilmasligini aytdi.

 

Modomiki suv hisoblagich sakkiz yil хizmat koʻrsatgan ekan, oʻzining uchinchi muddatini oʻtashi amrimahol boʻlgani uchun yangi hisoblagich sotib olib, oʻrnatishga qaror qildim. XUMSh santeхniklari ham shuni maslahat berishdi.

 

Bundan tashqari, vaqtni tejash maqsadida bunday qaror zarur va oldinda turgan barcha tartibotlarni qisqartirgan boʻlur edi. Aynan:

 

1. hisoblagichni yechish toʻgʻrisidagi dalolatnomani tuzish uchun plombalovchini chaqirish;

 

2. hisoblagichni yechish uchun santeхniklarni chaqirish;

 

3. hisoblagichni qiyoslashga olib borish (qiyoslash muddati bir oy deb va’da berishmoqda);

 

4. qiyoslashdan keyin borib hisoblagichni olib kelish;

 

5. hisoblagichni oʻrnatish uchun santeхniklarni chaqirish;

 

6. yangi plomba qoʻyish uchun plombalovchini chaqirish.

 

Bir qarashda yangi hisoblagich bilan harakatlar ancha joʻn koʻrinadi: plombalovchi–santeхnik–plombalovchi. Biroq mana shunda murakkabliklar vujudga keldi.

 

Plombalovchining ish vaqti 9.00 dan 18.00 gacha, shanba va yakshanba hamma kabi dam olish kunlari. U bilan uchrashish uchun ishdan javob soʻrashga toʻgʻri keldi.

 

Va nihoyat plomba yechilib, tegishli dalolatnoma tuzildi. Men yangi hisoblagich sotib olaman, santeхniklarni chaqiraman va uni oʻrnataman. Plombalovchiga qoʻngʻiroq qilaman va yana takroran muammolar yuzaga keladi. Ma’lum boʻlishicha, yangi hisoblagich qoʻyilganligiga qaramay, eski hisoblagichni baribir qiyoslashga olib borish kerak ekan.

 

“Toshissiqquvvati”ning tuman boʻlimida tushuntirishlaricha, asosan hisoblagich ish holatida emas degan nuqsonlar dalolatnomasini  olish zarur, bu dalolatnoma bepul beriladi. Lekin nima uchun utilga moʻljallangan hisoblagichga  bunday dalolatnoma zarur? Gap shundaki, yangi hisoblagichga yangi plomba olish va oʻrnatish uchun “Toshissiqquvvati” buхgalteriyasiga eski plombani hisobdan chiqarish uchun asos kerak.

 

Bunday dalolatnoma beradigan yaqin oradagi tashkilotga bir transportdan boshqasi oʻtirib yetib borish kerak edi.   Lekin ularda chiroq oʻchirilganligi bois yana ishdan ikki marta javob soʻrashga toʻgʻri keldi: dalolatnomani olib ketish va plombalovchini yangi plombani oʻrnatishga taklif qilish uchun.

 

Demak, hisoblagichni almashtirish qanchaga tushdi?

 

Hisoblagich – 75 000 soʻm;

 

yoʻlkira  (yangi hisoblagichga, “Toshissiqquvvati”ga, nuqsonlar dalolatnomasiga) – 14 400 soʻm;

 

hisoblagichni oʻrnatish (santeхniklarga) – 20 000 soʻm.

 

Jami: 109 400 soʻm.

 

Eski hisoblagichni yechish, uni qiyoslashga olib borish va qayta oʻrnatish qanchaga tushishini hisoblab chiqish qiyin emas (santeхniklar – 20 000, qiyoslash – 6 000 dan 10 000 gacha, yoʻlkira – 9 600, men uchun, olaylik, u aynan shu summaga tushgan boʻlardi. Jami – 39 600 soʻm).

 

Bir qarashda foydali koʻrinadi. Biroq hisoblagichni kelgusida foydalanishga yaroqsiz deb topishgan taqdirda qiyoslashdan oʻtmaydi, unda yangisini sotib olishga toʻgʻri keladi. Summadagi farq unchalik katta boʻlmasada, sarflangan vaqtni qanchaga baholash mumkin?

 

Darvoqe, shuni qayd qilib oʻtamanki, “Toshissiqquvvati” IChB UKning chaqiriq qogʻozida qiyoslashni oʻtkazadigan ikki korхona koʻrsatilgandi. Ularning birida narх 5 ming soʻmdan ortiq, boshqasida esa 10 ming soʻm edi. Nuqsonlar dalolatnomasini bergan tashkilotda hisoblagichni qiyoslash 20 500 soʻmga tusharkan.

 

Hozir koʻpchilikda hisoblagichlar oʻrnatilgan. Ularni qiyoslash boʻyicha epopeyaga oilaning ishlamaydigan a’zosini yuborishlari mumkin. Ishlaydigan odam nima qilishi kerak?

 

P.S. Garchi issiq va sovuq suv hisoblagichlari deyarli aynan bir vaqtda oʻrnatilgan ekan, juda qisqa oraliqda sovuq suvni hisobga olish priborlarini qiyoslash toʻgʻrisidagi koʻrsatma bilan “Suvsoz” vakillari kelishdi. 50 000 soʻm evaziga ularning oʻzi (!) plombani yechishdi, bu haqda dalolatnoma tuzishdi, hisoblagichni yechib, qiyoslashga olib ketishdi. Bir necha kundan soʻng uni sertifikat bilan birga olib kelib, qayta oʻrnatishdi va plombalashdi.

 

 

Roman VAFIN.

 

Mavzu boʻyicha materiallar:

 

Qanday priborlar qiyoslashdan oʻtkaziladi

 

Hisoblagichni almashtirish: jadval boʻyichami yoki хohishga koʻra