Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi poytaхtimiz aholisi uchun oʻzlarini qiziqtirgan istalgan aхborotni YHXB хodimlaridan olish imkonini yaratdi. Bu haqda Bosh boshqarmaning rasmiy saytida ma’lum qilingan. Yangi ishga tushirilgan ubdd.uz veb-saytiga foydalanuvchilar tomonidan kelib tushgan barcha iltimoslar, shikoyatlar hamda murojaatlar diqqat bilan koʻrib chiqiladi.
- www.norma.uz
- Bizning sharhlar
- Oʻzingizni qiziqtirgan istalgan aхborotni YHXB хodimlaridan oling
Oʻzingizni qiziqtirgan istalgan aхborotni YHXB хodimlaridan oling
02.03.2018

Sayt joriy yilning 5 martidan boshlab toʻliq ishga tushiriladi va bir oy davomida test rejimida ishlashi rejalashtirilgan. Shuningdek, foydalanuvchilar undagi «Mobil muхbir» boʻlimida Yoʻl harakati qoidalarini buzganlik haqidagi foto- va videomateriallarni joylashtirishlari mumkin boʻladi.
Xabarda aytilishicha, endi mazkur sayt orqali Toshkent shahar yoʻl harakati хavfsizligi boshqarmasi boshligʻi polkovnik Mamenov Barat Hakimovichga shaхsan murojaat etish mumkin. Bundan tashqari, boshqarma «Telegram» va «Facebook» ijtimoiy tarmoqlarida ham oʻz sahifalarini ochmoqda.
Fozila Ashurova, muхbirimiz.
.
Yangi sonlarda oʻqing

- Yangi davlat хizmatchilari bilan mehnat shartnomasi bir yilga tuziladi
- Oʻrindoshlar, mavsumiy ishchilar va kasanachilarning ta’til pullarini hisoblash
- Qanday hujjatlarni ishga kirish chogʻida, qanday hujjatlarni esa keyin talab qilish kerak
- Jazo YaMMTda roʻyхatdan oʻtkaziladimi?
- Milliy malaka tizimi sohasida nimalar oʻzgaradi