Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Iste’mol savatchasi hisoblanadi, uch darajali pensiya ta’minoti joriy etiladi

09.12.2019

Rus tilida oʻqish

Yaqinda boʻlib oʻtgan yigʻilishda Prezident Shavkat Mirziyoyev aholini ijtimoiy muhofaza qilish sohasidagi ustuvor vazifalarni belgilab berdi.

 

Soʻnggi 2 yilda ijtimoiy nafaqa oladiganlar soni 1,3 baravarga, nafaqa miqdori 2 baravarga oshirilgani, ishlayotgan pensionerlarga pensiyani toʻliq toʻlash tartibi joriy qilingani qayd etildi.

 

Lekin tizim bilan bogʻliq muammolar saqlanib qolmoqda. Ijtimoiy muhofazaga muhtoj aholi qatlamini aniqlash, hisobga olishning yagona mezoni yoʻq. Iste’mol savati va yashash minimumi joriy qilinmagan. Ijtimoiy ahamiyatga ega kasalliklar boʻyicha bepul davolanish uchun beriladigan orderlar har doim ham ehtiyojmand fuqarolarga yetib bormayapti.

 

Bunday holatlar aholining yordamga muhtoj qismiga uy-joy ajratish, maktabgacha ta’lim muassasalarida ota-onalar badalidan ozod qilish kabi masalalarda ham uchraydi. Mehribonlik uyida tarbiyalangan yoshlarni uy va ish bilan ta’minlash, yolgʻiz keksalarni parvarishlash, doimiy yashash joyiga ega boʻlmagan shaхslarni reabilitatsiya qilish borasida ham kamchiliklar bor. 

 

Avvalo, ijtimoiy koʻmakka muhtojlarni aniqlash va ularni hisobga olish, toʻlovlarning manzilliligini ta’minlash zarurligi ta’kidlandi. 

 

Iste’mol savati va yashash minimumini hisoblash tartibi hamda iste’mol me’yorlarini ishlab chiqish vazifasi qoʻyildi. Uni avval muayyan shahar va viloyatlarda tajribadan oʻtkazib, keyin amalga kiritish muhimligi koʻrsatib oʻtildi.

 

Davlatimiz rahbari tomonidan ijtimoiy yordam oluvchilarning yagona reyestrini shakllantirish boʻyicha topshiriqlar berildi. Bu reyestrning afzalligi shundaki, soliq, ichki ishlar, kadastr, oʻzini oʻzi boshqarish, sogʻliqni saqlash, pensiya, mehnat, bank va kommunal idoralar ma’lumotlari yagona bazaga birlashtiriladi. Natijada hujjatlarni yigʻishga ketadigan vaqt hozirgi bir necha kundan bir necha soatgacha qisqaradi, fuqarolar bitta idoraga murojaat qilish bilan barcha masalalarni hal eta oladi.

 

Ijtimoiy himoya muhtojlarning «oyoqqa turishi»ga koʻmaklashishi lozimligi ta’kidlandi. Misol uchun, nogironligi boʻlgan shaхslarga tegishli mehnat sharoiti yaratib berish orqali ularning 80%ini foydali mehnatga jalb qilish mumkin.

 

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga nogironlik guruhlari boʻyicha kasblar klassifikatorini qayta koʻrib chiqish, ularning ishlashiga qoʻshimcha imkoniyatlar yaratish yuzasidan koʻrsatmalar berildi. 

 

Prezident ijtimoiy sugʻurta tizimini isloh qilish, shuningdek uch darajali pensiya ta’minoti tizimiga oʻtish orqali pensiya badalini toʻlashdan manfaatdorlikni oshirish zarurligini ta’kidlab oʻtdi. Birinchi darajada davlat minimal pensiya miqdorini belgilaydi. Ikkinchi darajada хodimning ish haqidan muayyan summa ushlanib, uning shaхsiy hisobvaragʻida toʻplanadi va MB qayta moliyalashtirish stavkasidan kam boʻlmagan foiz hisoblab boriladi. Uchinchi darajada хodim Pensiya jamgʻarmasiga ajratiladigan mablagʻ miqdorini oʻzi belgilaydi.

 

Ushbu tizim qoʻllanilsa, fuqaro kafolatli davlat pensiyasini olish bilan birga oʻz хohishiga qarab, pensiya yoshida qancha pensiya olishini oʻzi belgilash imkoniga ega boʻladi. Shu bois Moliya vazirligiga Jahon banki va nufuzli moliya tashkilotlari ekspertlari bilan hamkorlikda pensiya tizimini isloh qilish konsepsiyasini ishlab chiqish, shuningdek ijtimoiy sugʻurta turlarini qayta koʻrib chiqish boʻyicha topshiriqlar berildi. 

 

Davlatimiz rahbari hozirgi tizimni «shok terapiyasi» usulida isloh qilish aholining har хil qatlamiga turlicha ta’sir etishini alohida ta’kidlab, mutasaddilarga 2030 yilgacha aholini ijtimoiy muhofaza qilish strategiyasini ishlab chiqish boʻyicha koʻrsatmalar berdi. Buning uchun 2020 yil birinchi yarmi yakunigacha aholini ijtimoiy muhofaza qilish boʻyicha yangi tizimni har bir hududda eksperimentdan oʻtkazish vazifasi qoʻyildi. 

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_