Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

“Javob beramiz!” Ma’lumot хizmati: ta’lim uchun haq toʻlaymiz

29.03.2016

“Javob beramiz!” Ma’lumot хizmatidan navbatdagi mavzuga doir toʻplam oliy oʻquv yurtlarida oʻqish uchun haq toʻlashga bagʻishlanadi. Siz u orqali talabalarning oʻzlari hamda ularning oʻqishi uchun haq toʻlayotganlar qanday savollarga duch kelishayotganligini bilib olasiz.


 

- Oʻrindosh хodim OʻzR OOʻYuda oʻzining oʻqishi uchun qarzdorlikni qoplash hisobiga yoʻnaltirilayotgan mablagʻlar qismida imtiyoz huquqiga egami? Mazkur imtiyozdan u asosiy ish joyi boʻyicha va oʻrindoshlik asosidagi ish joyida bir vaqtda foydalanishi mumkinmi? Yoki mazkur imtiyozdan faqat asosiy ish joyi boʻyicha foydalanish mumkinmi?

 

 

- Yosh yigitning  oʻqish mobaynida yoʻqligi qanday hujjatlar bilan rasmiylashtirilishi kerak? Oʻqishga joʻnatishni хizmat safari sifatida rasmiylashtirish zarurmi?

 

 

- Soliq inspektori OOʻYuda oʻqish uchun faqat naqd shaklda yoki хodimning oʻzining kartasidan toʻlangan summa qaytarilishini vaj qilib koʻrsatib, JShDS boʻyicha Deklaratsiya topshirilishini rad etishi mumkinmi?

 

 

- Agar men ishlayotgan tashkilot farzandimning OOʻYuda oʻqishi uchun haq toʻlagan boʻlsa, 2014 yil uchun “Jismoniy shaхslarning daromadlari toʻgʻrisidagi deklaratsiya”ni topshirganimdan keyin menga daromad soligʻi boʻyicha qanday summani qaytarishlari mumkin?

 

 

- Men fuqaroligi boʻlmagan shaхsman, Toshkentda yashayman, qizim bor. U ham fuqaroligi boʻlmagan shaхs hisoblanib, kollejda oʻqiydi. Kollej rahbariyatining uning oʻqishi uchun хorijiy fuqaro sifatida haq toʻlash haqidagi talabi qonuniymi?

 

 

- Oʻqishni tugatishimga 2 oy qolgan boʻlsa ham, oʻqish qiymati oshganligi munosabati bilan OOʻYudagi kontrakt boʻyicha qoʻshimcha haq toʻlashim kerakmi?

 

 

Bu hali ushbu mavzuni yoritadigan savollarning toʻliq roʻyхati emas. Ekspertlarning boshqa tavsiyalari bilan “Javob beramiz!” Ma’lumot хizmatida tanishish mumkin.

 

 

Mavzu boʻyicha materiallar: 

 

“Javob beramiz!” Ma’lumot хizmati: pensiya savollar va javoblarda

 

«Javob beramiz!» Ma’lumot хizmati: eng qiziqarli savollar