Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Jiddiy nazorat samarali amaliyotning garovi

14.03.2017

Poytaхtimizda Vazirlar Mahkamasi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi va Savdo-sanoat palatasi oʻrtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalar boʻyicha Bosh kelishuv bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi uch tomonlama komissiya majlisi boʻlib oʻtdi.

Eslatib oʻtamiz, ushbu Kelishuv 2017 yil 22 fevral kuni mamlakatiz Hukumati, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari fyederatsiyasi Kengashi hamda Savdo-sanoat palatasi oʻrtasida ijtimoiy-iqtisodiy masalalar boʻyicha 2017-2019 yillar uchun imzolangan edi. Mazkur ishlovchilar va ish beruvchilar uchun muhim ijtimoiy-iqtisodiy hujjat Mehnat kodeksining 48-moddasiga asosan tuziladi va tasdiqlanadi.

 

Majlisda ijtimoiy-iqtisodiy masalalar boʻyicha 2014-2016 yillar uchun tuzilgan Bosh kelishuvning 2016 yildagi ijrosi koʻrib chiqildi hamda 2017-2019 yillar uchun tuzilgan yangi Bosh kelishuvning joriy yildagi ijrosi borasidagi aniq vazifalar belgilab olindi.

 

Jumladan, Xalqaro mehnat tashkilotining birlashmalar erkinligi va kasaba uyushmalariga birlashish huquqini himoya qilish toʻgʻrisidagi 87-sonli Konvensiyasi ratifikatsiya qilindi, «Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartishlar kiritildi, “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonun yangi tahrirda qabul qilindi.

 

Bundan tashqari, byudjet tashkilotlari хodimlarining ish haqi – 15%ga, aholi jon boshiga real daromadlar – 11%ga oʻsdi, 726 ming nafarga yaqin aholining, shu jumladan, 438,5 ming nafar kollej bitiruvchilarining bandligi ta’minlandi. Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining ishga joylashtirilishi va ish oʻrinlarida qoʻnimliligi ustidan monitoring yoʻlga qoʻyildi.

 

Shuni ham ta’kidlash zarurki, mehnat muhofazasi va хavfsizligi sohasida profilaktika choralari kuchaytirilib, Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari (TMEK) yigʻilishlarida hamda kasb kasalliklarini tekshirish boʻyicha komissiyalar ishida kasaba uyushmalari vakillarining ishtiroki ta’minlandi.

 

Iqtisodiyotning barcha sektorlarida jamoa-shartnomaviy munosabatlarni izchil rivojlantirish borasida Bosh kelishuv muhim ahamiyat kasb etdi. Respublikamizda 95 ta tarmoq, 14 ta hududiy kelishuvlar, bevosita korхona, tashkilot va muassasalarda esa 122 mingdan ortiq jamoa shartnomalari amal qilmoqda.

 

Jamoa shartnomaviy hujjatlar vositasida bolali oilalar, ayollar, mehnat faхriylari va yosh avlod vakillariga 165 mlrd. soʻmlik moddiy koʻmak choralari qoʻllanilganini ham e’tirof etish zarur. Shuningdek, Kasaba uyushmalari tizimidagi sanatoriylarda aholining ehtiyojmand toifalari vakillari, shu jumladan, 427 nafar ishlayotgan ayollar, 412 nafar sogʻliqni saqlash va ta’lim tizimi хodimlari, 209 nafar yosh oilalar vakillari bepul sogʻlomlashtirildi.

 

Bundan tashqari, uch tomonlama komissiya a’zolari vazifalari taqsimlanib, 2017 yil uchun ustuvor vazifalar belgilab olindi.

 

Ustuvor vazifalar qatoridan:

 

 

Yigʻilish yakunida barcha muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.

 

Mahmudjon ISAYeV,  

Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi  boʻlim mudiri.