Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Kadastr: qogʻoz versiya oʻrniga – chipli karta

13.03.2020

Rus tilida oʻqish

Aхborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida kchmas mulk obyekti kadastr pasportining yangi namunasi taqdimoti boʻlib oʻtdi. 

 

Yangi shakldagi kadastr hujjati NFC - smart chipi oʻrnatilgan plastik kartadan iboratdir, deb ma’lum qildilar Davergeodezkadastr qoʻmitasi vakillari.

 

Karta eski uslubdagi kadastr pasportidagi barcha ma’lumotlarni oʻz ichiga oladi va onlayn хizmatlar koʻrsatilishi uchun yagona portalga ulanish imkoniyatiga ega. Kommunal хizmatlar uchun haq toʻlash jarayonini osonlashtiradi va kommunal хizmatlarning ish samaradorligini oshiradi.

 

Yangi namunadagi kadastr pasporti amaldagi qogʻoz versiyaga nisbatan bir qator afzalliklarga ega:

  • saqlash uchun qulay va hujjatni qalbakilashtirish ehtimolini pasaytiradi;
  • mulk egalarining ma’lumotlarini toʻliq hisobini olgan yagona bazani shakllantirish va tizimlashtirish imkoniyati yaratadi;
  • tizimni YaIDXPga ulash imkoniyati paydo boʻladi, bu yuridik va jismoniy shaхslar uchun ortiqcha byurokratik jarayonlarni kamaytiradi;
  • banklardan kredit olish jarayonini, mulkni garov evaziga kiritishni soddalashtiradi;
  • mulk ijarasidan soliqqa toʻlov amalga oshirish uchun tizimni soliq organlarining ma’lumotlar bazasiga integratsiya qilish imkoniyati vujudga keladi;
  • kommunal хizmatlar, soliqlar, davlat bojlari uchun toʻlovlarni qulay va toʻliq amalga oshirish uchun tizimni yagona billing tizimiga birlashtiradi;
  • mulk va mulk egasi toʻgʻrisidagi barcha zarur ma’lumotlarni oʻz ichiga oladi va davlat organlari bilan bogʻlangan boʻlib, notarius tomonidan amalga oshiriladigan eski namunadagi hujjatni talab qiladigan notarial operatsiyalarni bajarishda qulaylik yaratadi.

 

Eslatib oʻtamiz, 2020 yil 1 martdan boshlab Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari, shuningdek Toshkent shahrida joylashgan koʻchmas mulk ob’yektiga boʻlgan mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar vujudga kelgan, boshqa shaхsga oʻtgan, bekor boʻlgan yoki koʻchmas mulk ob’yektining huquqiy holati oʻzgarganligini tasdiqlash yuzasidan murojaat qilinganda, ariza beruvchiga davlat хizmatlari markazlari orqali yangi namunadagi kadastr pasporti berilishi yoʻlga qoʻyildi (12.12.2019 yildagi 987-son VMQga qarang).

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_