Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Yetkazib beruvchi oldida qarz yoʻq, lekin inkasso qoʻyildi: kompaniya undiruvni toʻxtatishga qanday muvaffaq boʻldi Bojxona QQSini mamlakat ichkarisida ortiqcha toʻlov hisobiga kim kamaytira oladi Foizsiz qarz shartnomasi: qanday qilib xatolarsiz rasmiylashtirish mumkin

Karantin cheklovlari yumshatilmoqda

25.04.2020

Rus tilida oʻqish

Koronavirusning yangi turi kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash boʻyicha respublika maxsus komissiyasi qarori bilan bir qator yoʻnalishlar faoliyatini qayta boshlash uchun ruxsat berildi.

 

Qaror iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror ishlashini ta’minlash, aholi oʻrtasida ishsizlik oshib ketishining oldini olish hamda byudjet tushumlarini ta’minlash uchun qabul qilindi. Quyidagilar faoliyatini qayta boshlashi mumkin:

 

  • qurilish materiallari bozorlari, shu jumladan, qurilish materiallarining chakana va ulgurji savdosi faoliyati bilan shugʻullanuvchi xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar (maydoni 500 kv.m dan kam boʻlmagan);
  • yirik ishlab chiqaruvchi sub’yektlarning oʻz mahsulotlarini sotishga moʻljallangan hududlardagi tarmoq doʻkonlari (sanitar normasi 10 kv.m ga 1 nafar xaridor tartibi asosida);
  • hunarmand va ustalar – ular tomonidan yasalgan buyumlarni bozor rastalaridan tashqari alohida joylashgan joyda (doʻkon) sotish faoliyatiga;
  • urugʻ va koʻchat yetishtirish hamda ularni sotish faoliyati bilan shugʻullanadigan tadbirkorlik sub’yektlari (mulkchilik shaklidan qat’i nazar);
  • tijorat banklarining ob’yektlardagi shoxobchalari (kassalari);
  • avtomobillarga ehtiyot qismlar sotish faoliyati bilan shugʻullanadigan tadbirkorlik sub’yektlari (mulkchilik shaklidan qat’i nazar);
  • avtomobillar, qishloq xoʻjaligi va qurilish texnikalariga servis xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar (1 000 kv.m dan kam boʻlmagan maydonga ega boʻlgan);
  • kimyoviy tozalash bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik sub’yektlari;
  • notarial idoralar va sugʻurta kompaniyalari;
  • toʻxtab qolgan investitsiya loyihalari va ijtimoiy soha ob’yektlarini qurish ishlari.