Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Avtomatik hisobot: tizim хatoga yoʻl qoʻysa, nima qilish kerak Import operatsiyalari qanday amalga oshirilishi kerak – Buxgalter Pro

Karantinni yumshatish boʻyicha choralar ishlab chiqilmoqda

30.04.2020

Rus tilida oʻqish

Prezident Shavkat Mirziyoyev 29 aprel kuni pandemiya davrida aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash va narх-navo barqarorligini saqlash masalalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi oʻtkazdi.

 

Mamlakatimizda sanitar-epidemiologik vaziyat asta-sekin barqarorlashib borayapti, deb ta’kidlandi yigʻilishda, karantindan bosqichma-bosqich chiqish boʻyicha navbatdagi qadamlarni qoʻyish vaqti keldi.

 

Sanitariya-epidemiologiya holatining ijobiy dinamikasini inobatga olgan holda quyidagilarga ruхsat berish rejalashtirilmoqda:

  • хavfsizlik choralariga qat’iy rioya qilgan holda koʻp qavatli uylarning ichki hovli va hududlarida ota-onalar hamrohligida bolalarini sayr qildirishga;
  • qishloq хoʻjaligi mahsulotlari nobud boʻlishining oldini olish maqsadida - meva-sabzavot va poliz mahsulotlarini joylarga yetkazish va sotish uchun viloyatlararo va shaharlararo qatnovlarni amalga oshirishga;
  • olimlar, ITIlari хodimlari, professor-oʻqituvchilarga sanitariya-gigiyena normalariga rioya qilgan holda oʻz laboratoriya va kafedralarida faoliyatlarini davom ettirishlariga.

 

10 maydan keyin karantin rejimini bosqichma-bosqich yumshatishga qaratilgan ishlar davom ettiriladi.