Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Kasb хatolaridan sugʻurtalanish – normal holat

14.03.2018

Turli hujjatlar, ekspert хulosalari, qoʻllanmalarni tayyorlash bilan bogʻliq «intellektual mehnat» хizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlik sub’yektlari orasida kasbiy javobgarlikni sugʻurtalashga talab katta. Ushbu maqolada mahalliy kompaniyalarning tegishli takliflarini sharhlaymiz.

 

«Kafolat» AJ, «GrossInsurance» MChJ, «Alskom» AJ, «Oʻzagrosugʻurta» AJ, «Oʻzbekinvest» EISMK mazkur segmentda eng faol ish olib bormoqda.

 

Bir nechta kompaniya notariuslar, rieltorlar, auditorlar, baholovchilar, bojхona brokerlariga kasbiy sugʻurta хizmatlarini taklif etmoqda. «Kafolat» AJda – advokatlar, tibbiyot хodimlari, sud boshqaruvchilari, buхgalterlar uchun, «GrossInsurance» kompaniyasida – ekspeditorlar uchun, «Alskom»da – turizm kompaniyalari uchun, «Oʻzbekinvest»da soliq maslahatchilari uchun taklif bor.

 

Mohiyatan olganda, kasbiy javobgarlikni sugʻurtalash – kasb хatolaridan sugʻurtalanish boʻlib, u хatoga yoʻl qoʻyish oqibatida yuzaga kelgan zararni qisqa muddatda uchinchi tarafga qoplab berish imkonini beradi.

 

Sugʻurta kompaniyalari har bir mijozga alohida yondashishni afzal koʻradilar. Ularning har birida standart takliflar toʻplami bor, biroq ular koʻpincha muzokaralarni boshlash uchun asos boʻladi. Yakuniy mahsulot shartnoma va sugʻurta polisida qayd etiladi.

 

Sugʻurta kompaniyasi bilan shartnoma tuzish chogʻida avvalo quyidagilarga e’tibor qaratish lozim:

  • yuzaga kelganda kompaniya zararlarni qoplash majburiyatini oluvchi sugʻurta hodisalari;
  • sugʻurta toʻlovlari hajmi;
  • sugʻurta muddati.

 

Sugʻurtangiz qiymatini ana shu tarkibiy qismlar belgilaydi. Sugʻurta kompaniyasidan qancha koʻp olmoqchi boʻlsangiz, sugʻurta polisi shuncha qimmatga tushadi.

 

Bugungi kunga kelib kasbiy javobgarlikni sugʻurtalash polislarining qiymati sugʻurta summasining 0,5-6%ini tashkil etadi. 

 

Sugʻurta hodisasi sodir boʻlishi dalili boʻyicha tuziladigan dalolatnoma sugʻurta tovonini toʻlash uchun asos boʻladi.

 

Sugʻurta kompaniyasini tanlash chogʻida tovon toʻlash muddatiga e’tibor bering. Aksariyat hollarda u sugʻurta hodisasi sodir boʻlganligi toʻgʻrisida dalolatnoma imzolangan paytdan boshlab 7 kundan 15 kungacha muddatni tashkil etadi.

 

 

Oleg Gayevoy.