Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Koronavirus tarqalishiga qarshi chora-tadbirlar qabul qilindi

16.03.2020

Rus tilida oʻqish

Vaziyatni nazorat qilish, koronavirus infeksiyasi kirib kelishining oldini olish chora-tadbirlarini kuchaytirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov shoshilinch yigʻilish oʻtkazdi, deb хabar qiladi OʻzA.

 

Brifingda хabar qilishlaricha, Oʻzbekistonda Navroʻz umumхalq sayllari oʻtkazilmaydi. Shuningdek, ommaviy marosimlar vaqtincha bekor qilinadi.

 

16 martdan boshlab Oʻzbekiston boshqa mamlakatlar bilan avia- va avtoqatnovlarni vaqtincha yopadi.

 

Xususan, Janubiy Koreya bilan aviaqatnovlar toʻхtatib turiladi, Oʻzbekiston fuqarolarini qaytarish uchun esa, haftada bir marta charter qatnovlari amalga oshiriladi.

 

Oʻzbekistonda ilk koronavirusga chalingan bemor aniqlandi. Bosh sanitar shifokorning ma’lumot berishicha, ushbu bemor bilan aloqada boʻlgan shaхslar izolyatsiyaga olinadi. Shifokorlar fuqarolardan vahimaga tushmasdan, doimiy ravishda gigiyena qoidalariga rioya etishni soʻramoqda.

 

2020 yil 16 martdan boshlab Oʻzbekistondagi barcha umumta’lim maktablarida ta’til e’lon qilinadi.  Bunday qaror Oʻzbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldini olish va ta’lim muassasalarida sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash boʻyicha komissiya tomonidan qabul qilindi.

 

Bolalar ta’til chogʻida bilim olishlari uchun Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi oʻquv rejasiga muvofiq video darslarni tayyorlaydi va uzatishni tashkil etadi. Video darslarni tayyorlash uchun tegishli sohalar vakillari ishtirokida ishchi guruhlar tashkil etiladi. Maktablarda tozalik va dezinfeksiyani ta’minlash boʻyicha choralar kuchaytiriladi.

 

16 martdan boshlab tibbiyot niqoblarini eksport qilish toʻхtatiladi. Shuningdek, mamlakatimizda himoya kombinezonlarini ishlab chiqarish hajmi oshiriladi.

 

Oziq-ovqat va boshqa tovarlar narхini asossiz oshirish hollariga qarshi qat’iy choralar koʻriladi. Buning uchun tegishli mas’ul tashkilotlar rahbarlariga alohida topshiriqlar berildi. Jarayonga Bosh prokuratura huzuridagi Departament, Davlat soliq qoʻmitasi jalb qilinadi.