Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Kun tartibiga kiritilgan qonunlar ekspertizadan oʻtdi

21.08.2019

Rus tilida oʻqish

Senatda Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi ishchi guruhining yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Oliy Majlis Senatining XXI yalpi majlisi kun tartibiga kiritilgan qonunlar muhokama qilindi. 

 

«Saylov toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi Qonunning muhokamasi chogʻida mazkur hujjat Saylov kodeksiga muvofiq ishlab chiqilib, amaldagi qator qonun hujjatlari normalarini unga muvofiqlashtirishga qaratilgani ta’kidlab oʻtildi. Jumladan, «Siyosiy partiyalar toʻgʻrisida»gi, «Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) toʻgʻrisida»gi, «Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi toʻgʻrisida»gi, «Oʻzbekiston Respublikasining referendumi toʻgʻrisida»gi, «Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi toʻgʻrisida»gi, «Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi toʻgʻrisida»gi, «Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida»gi qonunlarga tegishli oʻzgartishlar kiritilmoqda.

 

Koʻrib chiqilgan «Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi Qonunda fuqarolar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy aхborot vositalari tomonidan tegishli sohalarda jamoatchilik nazoratini amalga oshirish nazarda tutiladi.

 

«Ba’zi davlat organlari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi  Qonun bilan bir qator qonun hujjatlariga fuqarolar yigʻinidagi «Mahalla posboni» jamoatchilik tuzilmasi rahbarlari lavozimlarini bekor qilishga hamda ichki ishlar organlari tayanch punktlari tarkibiga jamoat tartibini saqlash boʻyicha (katta) profilaktika inspektorlari yordamchilari lavozimlarini joriy etishga qaratilgan oʻzgartishlar kiritilmoqda.

 

Shuningdek, «Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar boʻyicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar toʻgʻrisidagi Konvensiyaga (Kishinev, 2002 yil 7 oktyabr) Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi haqida»gi Qonun ham koʻrib chiqildi.

 

Barcha muhokama etilgan qonunlar yuzasidan ishchi guruh a’zolari oʻz nuqtai nazarini bayon etdi, ularni umumlashtirish esa senatorlarga toʻgʻri qaror qabul qilish imkonini beradi.

 

Oliy Majlis Senatining

Aхborot хizmati хabaridan.


V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_