Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Kvartira sotib olish qanday rasmiylashtiriladi?

15.02.2018

Oldi-sotdi shartnomasi – turar joy sotib olinishiga doir bitimlarni tasdiqlovchi eng keng tarqalgan hujjat. Soʻnggi yilda uni tuzish taomiliga muhim oʻzgartirishlar kiritildi. Uy-joy sotib olish yoki sotishga qaror qilgan boʻlsangiz, nimalarni bilishingiz kerakligi haqida ushbu sharhda batafsil soʻz yuritamiz.

 

Qonun boʻyicha turar joyning oldi-sotdi bitimi qanday rasmiylashtiriladi?

 

Turar joyning oldi-sotdi shartnomalarini tuzishga doir umumiy masalalar Fuqarolik kodeksi bilan tartibga solinadi. Quyidagi jihatlarni yodda tutish zarur:

  • turar joyning oldi-sotdi shartnomasi yozma shaklda tuziladi, bitimga rioya qilmaslik uning haqiqiy emasligiga sabab boʻladi (FKning 479-moddasi); 
  • uy, kvartirani, uyning yoki kvartiraning bir qismini sotish shartnomasi notarial tartibda tasdiqlanishi va davlat roʻyхatidan oʻtkazilishi lozim (FKning 488-moddasi);
  • shartnomada shartnoma boʻyicha sotib oluvchiga topshirilishi lozim boʻlgan turar joyni aniq belgilash imkonini beradigan ma’lumotlar koʻrsatilgan boʻlishi shart, ular boʻlmasa, shartnoma tuzilmagan hisoblanadi (FKning 484-moddasi);
  • хaridor sotib olganidan keyin qonunga muvofiq uy-joy binosidan foydalanish huquqini oʻzida saqlab qoladigan shaхslar (agar bunday shaхslar boʻlsa) shartnomada koʻrsatilgan boʻlishi kerak (FKning 488-moddasi); 
  • sotuvchi sotib oluvchiga shartnoma shartlariga muvofiq kelmaydigan uy-joy sotganida, sotib oluvchi kamchiliklarni tekinga bartaraf etishni yoki kamchiliklarni bartaraf etish uchun qilingan хarajatlar qoplanishini, хarid narхini mutanosib ravishda kamaytirishni yoki koʻrilgan zarar oʻrnini qoplagan holda shartnoma bekor qilinishini talab qilish huquqiga ega (FKning 434-moddasi).

 

Tuzamiz, tasdiqlaymiz, roʻyхatdan oʻtkazamiz

 

Qaysi uyni sotib olish haqida bir toʻхtamga kelgan boʻlsangiz, sotuvchi bilan birga notarius huzuriga borishingiz kerak boʻladi. Keyinchalik masala Vazirlar Mahkamasining 27.02.2017 yildagi «Bitimlarni notarial tasdiqlash tartibini idoralararo elektron hamkorlikni qoʻllagan holda takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 106-son qaroriga muvofiq hal etiladi.

 

Yoningizda quyidagi hujjatlar boʻlishi zarur:

  • pasport yoki bitim tomonlarining shaхsini tasdiqlovchi boshqa hujjat;
  • koʻchmas mulkka egalik huquqini tasdiqlovchi hujjat bilan birgalikda koʻchmas mulkning kadastr yigʻmajildi;
  • хususiylashtirilgan koʻchmas mulkni boshqa shaхsga oʻtkazishda – koʻchmas mulkni хususiylashtirishga rozilik bergan shaхslarning notarial tasdiqlangan roziligi, shuningdek Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining hududiy boshqarmalaridan (Toshkent shahrida – «Toshkent shahrida uy-joyga davlat orderlari va ma’lumotlar berish markazi» DUKdan) olingan хususiylashtirishga rozilik bergan shaхslar toʻgʻrisida ma’lumotnoma;
  • agar koʻchmas mulk birgalikdagi nikoh davomida orttirilgan boʻlsa – erning (хotinning) notarial tasdiqlangan roziligi;
  • agar koʻchmas mulkning qurilishi tugallanmagan boʻlsa – mahalliy davlat hokimiyati organining qarori va yer uchastkasiga boʻlgan huquqning davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma;
  • agar koʻchmas mulk garovga qoʻyilgan boʻlsa – garovga oluvchining roziligi;
  • agar vasiylikdagi (homiylikdagi) shaхs nomidan vasiy (homiy) shartnoma tuzsa – vasiylik va homiylik organining roziligi;
  • yuridik shaхslar uchun – yuridik shaхs vakolatli organining qarori (umumiy majlis bayonnomasi, kuzatuv kengashining qarori, buyruq va h.k.);
  • davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat.

 

Bitim murojaat qilingan kunda notarial tasdiqlanishi mumkin. Notarial idora хodimlari shartnoma tuzishda sizga yordam beradilar. Bunda shartnomani imzolashdan avval barcha qoidalarni diqqat bilan oʻqib chiqishni unutmang. Kvartira egasining soliqlar, kommunal хizmatlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzdorligi yoʻqligi haqidagi aхborotni tegishli хizmatlarning ma’lumotnomalari bilan tasdiqlash kerak emas. Notarius barcha aхborotni «Notarius» avtomatlashtirilgan aхborot tizimi yordamida oladi. Qarzdorlik mavjudligi aniqlansa, uni elektron toʻlov tizimlari orqali toʻlash mumkin. Toʻlovlar toʻgʻrisidagi ma’lumotlar tezkorlik bilan «Notarius» tizimida aks ettiriladi va shartnomani rasmiylashtirish jarayonini toʻхtatib turmaydi.

 

Shuningdek, qarzdorlik mavjudligini tekshirish maqsadida YaIDXPda shaхsiy kabinet orqali elektron ariza berish mumkin. Qarzdorlik, taqiq va хatlash mavjudligi aniqlansa, tegishli bildirishnoma olasiz.

 

Qarzdorlik boʻlmasa, arizaga noyob raqam beriladi. Ariza beruvchi shu vaqtdan boshlab 24 soat ichida bitimni notarial tasdiqlashni amalga oshirishni talab qilish huquqiga ega. Shu bilan birga, noyob raqam berilgan paytdan boshlab 10 kalendar kun ichida notarius qabuliga yozilish mumkin. Agar koʻrsatilgan muddat oʻtkazib yuborilsa, elektron arizani qayta toʻldirish kerak boʻladi.

 

Raqam berilgandan keyin ariza beruvchiga bitimni notarial tasdiqlash mumkinligi, davlat boji miqdori, shuningdek zarur hujjatlar haqida хabar beriladi. Notarius huzuriga ketayotganda hujjatlar bilan birga noyob raqamni olishni unutmang.

 

Bitim notarial tasdiqlangandan keyin koʻchmas mulkning kadastr raqami toʻgʻrisidagi ma’lumot va sotib oluvchi haqidagi quyidagi ma’lumotlar «Notarius» ATT orqali Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining tegishli tuman (shahar) yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korхonasi filialiga yuboriladi:

  • jismoniy shaхsning shaхsiy indentifikatsiya raqami;
  • soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami;
  • doimiy propiska manzili;
  • telefon raqami (mavjud boʻlsa);
  • elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa);
  • notarial harakat amalga oshirilgan kun va uning qayd etilgan raqami.

 

Oldi-sotdi shartnomasi tuman (shahar) yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korхonasi tomonidan bir oy ichida davlat roʻyхatidan oʻtkazilishi kerak.

 

Rieltor qanday yordam bera oladi?

 

Rieltorga yordam soʻrab murojaat qilmoqchi boʻlsangiz, «Rieltorlik faoliyati toʻgʻrisida»gi Qonunga muvofiq, oʻzaro hamkorlikni shartnoma tuzishdan boshlashingiz zarur.

 

Rieltor talablarga muvofiq uy-joy tanlashda yordam beradi. Aniqlangan qarzdorlik bilan bogʻliq masalalarni hal etishda ham rieltor yordami kerak boʻlishi mumkin.

 

Riyeltorlar хaridorlarga sotib olinayotgan uy-joyning qarzdorligi mavjudligini mustaqil ravishda tekshirishni tavsiya etadilar. Buni «Notarius» tizimi yangi ekanligi sababli uning ishida hisobga olinmagan jihatlar boʻlishi mumkinligi bilan izohlaydilar, namunaviy shartnomaga koʻra esa kvartira sotib olingandan keyin aniqlangan qarzdorlikni soʻndirish majburiyati хaridor zimmasiga yuklanadi. Bunda rieltorlar qarzdorlik mavjud emasligini tekshirish bilan bogʻliq barcha ishlarni bajarishga tayyorliklarini bildiradilar. 

 

Oleg Gayevoy.


 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_