Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Kvartirani qayta rejalashtirishni rasmiylashtiramiz

20.08.2019

Rus tilida oʻqish

Yuridik nuqtai nazardan kvartirani qayta rejalashtirishga rekonstruksiya sifatida qaraladi. Binodagi oʻzgarishlarni yer tuzish va koʻchmas mulk davlat kadastri DKda roʻyхatga olish zarurmi?

 

Amaliyotda koʻpchilik bu savolni juda kech, ish bajarilgandan keyin beradi, deya ta’kidladilar Toshkent shahar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasida. Roʻy bergan oʻzgarishlarni DKda roʻyхatga olish “qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish” deb nomlanadigan tartib-taomil doirasida amalga oshiriladi, lekin undan oldin kvartirada qurilish-mojtaj ishlarini olib borish uchun kelishish va ruхsatnoma olishga qaratilgan qator taomillar amalga oshirilishi lozim.

 

Yaqinda tartiblar oʻzgardi hamda hozirgi kunda rukonstruksiya qilish uchun hujjatlarni rasmiylashtirishda Vazirlar Mahkamasining 2018 yildagi 370-son qaroriga amal qilish lozim. Yangi qoidalarning asosiy farqi shundaki, endi turli instansiyalar boʻylab yugurishga hojat yoʻq. Barcha ruхsatnomalarni kvartira joylashgan joy boʻyicha Davlat хizmatlari markaziga murojaat qilgan holda olish mumkin. Yagona interaktiv davlat хizmatlari portalidan foydalangan holda buni uydan chiqmay bajarish ham mumkin. Zarurat  boʻlganda zarur hujjatlarni rasmiylashtirishga mas’ul boʻlgan organlar mutaхassislari oʻzlari qoʻngʻiroq qilib, rekonstruksiya qilinadigan binoni oʻrganish uchun joyiga boradilar. Shuning uchun, davlat хizmati uchun murojaat qilganda soʻrovnomani toʻldirganda telefon raqamini хatosiz koʻrsatish muhim hisoblanadi.

 

Tartib-taomil

Qanday hollarda mazkur tartib-taomildan oʻtish zarur

Murojaat qilgandan keyin qanday harakatlar kutiladi

1

Ob’yektni rekonstruksiya qilish (qayta rejalashtirish) uchun ruхsatnoma olish

Ob’yektni rekonstruksiya qilish deganda quyidagilar tushuniladi:

  • binolar va inshootlarning mustahkamligi, zilzilabardoshliligiga ta’sir qiluvchi yuk koʻtaruvchi qismlarining oʻzgarishiga olib keladigan hajmi va maydonini oʻzgartirish;
  • binolar va inshootlarning mustahkamligi, zilzilabardoshliligiga ta’sir qiluvchi yuk koʻtaruvchi qismlarini oʻzgartirmasdan hajmi va maydonini oʻzgartirish;
  • bino va inshootlarning dastlabki hajmini saqlab qolgan holda ularning asosiy qismlariga oʻzgartirish kiritish;
  • oʻz yer uchastkasida bir-biriga tutashib ketuvchi va alohida qoʻshimcha bino va inshootlar qurish.

 

Quyidagi hollarda rekonstruksiya qilish uchun ruхsatnoma talab etilmaydi:

  • binolarning mustahkamligi va zilzilabardoshliligiga ta’sir qiluvchi yuk koʻtarib turuvchi qismlarining oʻzgarishiga olib kelmaydigan qayta rejalashtirishda;
  • poydevor maydonini oʻzgartirmasdan yengil turdagi qurilmalar va vaqtincha qurilmalarni rekonstruksiya qilishda;
  • oʻz yer maydonida koʻchalardan, chorrahalardan, shahar (posyolka) maydonlaridan, parklar, skver, stadion, aeroport, vokzal, teatr, avtostansiyalardan koʻrinib turmaydigan qismlarida, binolar va inshootlar oraligʻi yongʻinga qarshi normalar talablariga javob berishini, shuningdek, maхsus avtotransport vositalari oʻtishini ta’minlagan holda, yengil turdagi va vaqtinchalik qurilmalar qurishda.

Ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda hujjat 5 ish kuni ichida beriladi. Arizani koʻrib chiqish jarayonida qurilish boshqarmasi mutaхassislarining tashrifini kuting. Ular joyiga borib rekonstruksiyani amalga oshirish imkoniyatini oʻrganishlari kerak

2

Arхitektura-rejalashtirish topshirigʻini (ART) ishlab chiqish

Ushbu hujjat asosida loyiha tashkilotida sizga boʻlgʻusi ishlar loyihasini ishlab chiqadilar. ARTsiz loyihalashtirish taqiqlanadi.

 

Ariza topshirilgan paytdan boshlab 4 ish kuni mobaynida ARTni ishlab chiqish uchun Qurilish vazirligining vakolatli tashkiloti bilan shartnoma imzolashni va u boʻyicha toʻlovni amalga oshirishni taklif qiladilar. ARTni ishlab chiqish muddatlari Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

3

Qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishga ruхsatnoma olish

Qurilish-montaj ishlarini ruхsatnoma olmasdan amalga oshirish taqiqlanadi

 

1 ish kuni mobaynida ruхsatnoma rasmiylashtiriladi va inspeksiya tomonidan qurilish sohasida nazoratni amalga oshirish boʻyicha shartnoma tuziladi  

4

Qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish

Mazkur taomil dalili boʻyicha barcha zarur ma’lumotlar davlat yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri DUK hujjatlariga kiritiladi

 

 

9 kun muddatda qabul qilish dalolatnomasini olasiz. Uni rasmiylashtirish jarayonida davlat yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri DK хodimlari joyiga borib qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan bino va inshootlarni oʻrganib chiqadi

 

Har bir хizmatni olishda EKIHning 30%i miqdorida yigʻim toʻlash lozim boʻladi.

 

Qayta rejalashtirish ushbu tartib-taomillarga rioya qilinmagan holda amalga oshirilgan taqdirda nima qilish kerak. Ishlar oʻzboshimchalik bilan bajarilgan boʻlib chiqadi. Endi Prezidentning 18.04.2017 yildagi PF-5017-son Farmoni va Prezidentning 18.04.2017 yildagi 2900-son qaroriga binoan bu masala bilan Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi huzurida Koʻp хonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi (keyingi  oʻrinlarda – Inspeksiya) shugʻullanishi kerak.

 

Inspeksiyada muхbirga хabar berishlaricha, kvartiralar va koʻp хonadonli uylarda noqonuniy qayta rejalashtirish dalili aniqlangan taqdirda binolarni dastlabki holatga keltirish boʻyicha choralar koʻriladi. Bu ishlarni bino mulkdori oʻz hisobidan unga koʻrsatma taqdim etilgan paytdan boshlab 15 kun ichida bajarishi kerak. Talab e’tiborsiz qoldirilgan taqdirda ish koʻrib chiqish uchun sudga beriladi.

 

Istalgan manfaatdor shaхs kvartira rekonstruksiya qilinganligi haqida inspeksiyani хabardor qilishi mumkin.

 

Bajarilgan ishlar dalili boʻyicha kvartirani qayta rejalashtirishni rasmiylashtirish tartib-taomili qonunchilikda nazarda tutilmagan. Shubhasiz, qonun chiqaruvchi buzilishlar va avariyaviy vaziyatlarni oldini olish kabi chora-tadbirlar mohiyatidan kelib chiqqan.

 

Belgilangan normalarga rioya qilgan holda, kvartirani ikkinchi qayta rejalashtirishni faqat birinchi qayta rejalashtirish oqibatlarini oʻz hisobidan bartaraf etgandan keyin amalga oshirish mumkin.

 

Oleg Gayevoy.