Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Lizing kompaniyalari: yer soligʻi kimga toʻlanadi

09.04.2018

Koʻchmas mulk lizingga sotib olinganda yer soligʻini kim toʻlashi kerak? Lizingga beruvchilar uyushmasi a’zolarining fikriga koʻra, mamlakatimizning soliq toʻgʻrisidagi yangi qonun hujjatida ushbu masala oʻz yechimini topmogʻi lozim.

 

«Soliq tizimini isloh qilish konsepsiyasi loyihasini oʻrganish va soliq solish tizimida nazarda tutilgan oʻzgartirishlarning mamlakatimiz lizing sektoriga ta’sirini muhokama qilish» mavzusida oʻtkazilgan davra suhbatida shu haqda soʻz bordi.

 

Mulk huquqi, egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi yoki ijara huquqi asosida yer uchastkalariga ega boʻlgan yuridik shaхslar yer soligʻini toʻlovchilardir. Soliq kodeksining 279-moddasida aytilishicha, koʻchmas mulk ijaraga berilgan taqdirda, ijaraga beruvchi yer soligʻini toʻlovchi boʻladi. Koʻchmas mulk – lizing ob’yektiga kadastr avvalboshdan lizingga beruvchining nomiga rasmiylashtirilganligi bois, lizing oluvchiga mulk huquqi oʻtguncha va kadastr uning nomiga qayta rasmiylashtirilguncha, yer soligʻini mulkdor sifatida lizingga beruvchi toʻlaydi. Ayni paytda lizing ob’yekti uning balansida hisobga olinmaydi. 

 

Shu bilan birga lizing oluvchida koʻchmas mulk ob’yekti egallagan yer uchastkasi yagona soliq toʻlovining eng kam miqdorini hisoblashda (AV tomonidan 3.03.2011 yilda 2203-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) inobatga olinadi.

 

Lizing kompaniyalari vakillari taqdim etilgan Konsepsiyada ushbu muammo yechimini topmaganligini qayd etdilar.

 

Muhokama doirasida soliq stavkalarini shakllantirish va soliq ma’muriyatchiligini samarali tashkil etishga doir takliflar bildirildi. Barcha taklif va fikr-mulohazalar yangi Soliq kodeksini ishlab chiquvchilar e’tiboriga yetkaziladi.

 

Oleg Gayevoy.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_