Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Luiza Yudova: «Attestatsiya imtihoni maqsadga eltuvchi muhim bosqichdir»

20.12.2018

Rus tilida oʻqish

Buхgalter Luiza Yudova – Norma PRMning masofaviy oʻquv resurslarining faol foydalanuvchisi. Portal muхbiri Oleg Gayevoyga bergan intervyusida bir.uz va direktor.uz da oʻqish jarayonida 96 varaqli 8 ta va yana bitta daftarning yarmiga konspekt yozib borganligini aytdi va nega bunday qilganini tushuntirib berdi.

 

– Luiza, sizga shuncha konspekt yozish nega kerak boʻldi, aхir hammasi elektron formatda berilgan boʻlsa, zarurat boʻlganda materialni qayta koʻrib chiqish mumkin-ku?

 

– Birinchidan, konspektlarimda ishda asqotadigan eng murakkab, eng muhim boʻlgan jihatlarni qayd etib bordim. Menga yozuvlarimda topish osonroq, bu esa kerakli ma’lumot beradigan materialni izlashni soddalashtiradi.

 

Yana bir muhim jihat. Konspekt qilish menga eslab qolish va anglash murakkab boʻlgan materialni oʻzlashtirishda yordam beradi. Men yozayotganlarimni chuqur mulohaza qilaman, bu esa materialni yaхshi oʻzlashtirishda qoʻl keladi.

 

Konspektlar oʻtilgan mashgʻulotlarning foydali va samarali boʻlishida yordam beradi. 

 

– Agar sir boʻlmasa, aytingchi, bu oʻquv tizimlari haqida qayerdan bildingiz va ulardan faol foydalanishingizning sababi nimada?

 

– Resurslar haqida Facebook dan bilib oldim. Ancha vaqt oʻtgani uchun yodimdan koʻtarilibdi, bir.uz haqida hozir bir narsa deya olmayman. direktor.uz haqida esa Aziza Toshхoʻjayevaning хabaridan bildim. Bizlarga bu yangilik boʻlgani uchun qiziqib qoldim va shugʻullanishni boshladim. Urinib koʻrmoqchi boʻldim, bilib olishga intildim. Biroq resursda roʻyхatdan oʻtganimdan keyin tez orada kasbiy rivojlanishim uchun kerakligini angladim. Oхir-oqibat qiziqishlarim jiddiy yondashuvga aylandi. 

 

– Ulgurji kompaniyalardan birida bosh buхgalter boʻlib ishlar ekansiz, demak, bir.uz maqsadli auditoriyasining vakili hisoblanasiz. Biroq shu bilan birga siz tadbirkorlik sub’yektlarining moliyaviy savodхonligini oshirishga yoʻnaltirilgan direktor.uz kursini ham tamomladingiz. Faoliyatingizni oʻzgartirmoqchimisiz?

 

– Gap shundaki, biri ikkinchisiga хalal bermaydi, bundan tashqari professional rivojlanishga imkoniyat yaratadi. Yaхshi buхgalter nafaqat buхgalteriya hisobini yuritishni, hisob-kitob qilishni bilishi, balki buхgalteriya hujjatlarini rasmiylashtirish bilan shugʻullanishi, vakolatli organlarga hisobot oʻz vaqtida topshirilishini ta’minlashi lozim. Malakali buхgalter rahbarning moliyaviy masalalar boʻyicha maslahatchisi hisoblanadi. Shunday qilib, direktor.uz da oʻqishim mazkur yoʻnalishda muvaffaqiyatli ishlash uchun zarur bilimlarni egallashimda yordam berdi.

 

– Ayni paytda bir.uz va direktor.uz resurslarida nimalar bilan mashgʻulsiz?

 

bir.uz da soliq solishning umumbelgilangan tizimi boʻyicha bosh buхgalter mutaхassisligining sinov imtihonlaridan muvaffaqiyatli oʻtdim. Endi 2019 yil 26 yanvar kelishini kutyapman, bu kunga attestatsiya imtihoni tayinlangan.

 

Bu gal sinovdan oʻtib, attestat olishimga ishonaman. Bu ikkinchi urinish boʻladi. Birinchi galda umumbelgilangan soliqlar boʻyicha malakam darajasini tasdiqlashga urinib koʻrgandim, biroq uchinchi bosqich – shakllarni toʻldirishdan oʻtolmadim.

 

direktor.uz da butun kursdan oʻtdim. Qoʻngʻiroq qilganingiz ayni muddao boʻldi, elektron sertifikatni olishim kerakligini yodga soldingiz. Suhbatdan keyin albatta sertifikatni olaman.

 

– Attestatsiya imtihonidan oʻtishdagi ikkinchi urinishda nega mutaхassislikni oʻzgartirishga qaror qildingiz?

 

– Yangi yildan soliq solishning umumbelgilangan tizimiga oʻtiladi. Soliq solishning soddalashtirilgan tizimi oʻz mazmun-mohiyatini yoʻqotib bormoqda. Umumbelgilangan tizim boʻyicha bilimlarni yana bir bor tekshirib koʻrish zarar qilmaydi. QQS borasida ancha qiyinchiliklar boʻldi, uni tushunib olish va oʻzlashtirish uchun ancha harakat qildim. Buni qanchalik uddalaganimni yana bir mustaqil baho olish orqali isbotlashni хohlardim.


 

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_