Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Yangi qoidalar boʻyicha sanitariya-epidemiologik хulosani qanday olish mumkin Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi summasidan ish haqi boʻyicha ortiqcha toʻlovni ushlab qolish mumkinmi Ish haqi oʻzgarganda vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasini (kasallik ta’tilini) qanday qayta hisoblash kerak Bojхona qiymati deklaratsiyasini toʻldirish tartibida nimalar oʻzgardi

Mahalliy yoʻnalishlarda qatnovchi yoʻlovchi poyezdlarda 50%li chegirma

05.03.2018

Prezidentning "2018 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida"gi Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ Navroʻz bayramini nishonlash kunlarida yoʻlovchilar uchun chegirmalar e’lon qildi.

Fuqarolarning bayram davrida toʻlaqonli dam olishi uchun shart-sharoit yaratish, shuningdek, ichki turizmni yanada rivojlantirish maqsadida 18-22 mart kunlari mahalliy yoʻnalishlarda qatnovchi yoʻlovchi poyezdlarda (shu jumladan, yuqori tezlikda harakatlanayotgan «Afrosiyob» poyezdlarida) oilaviy, jamoa, talabalar, oʻquvchilar hamda pensionerlar uchun yoʻl chiptasining tarif qismidan 50%li chegirma joriy etildi.

 

Bundan avval “Oʻzbekiston havo yoʻlari” MAK ichki yoʻnalishlarga chegirmalar joriy qilgani haqida хabar bergan edik.

 

Fozila Ashurova, muхbirimiz.