Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
buxgalter.uz da yangi:Agar QQS hisob-kitobida tizimli хatolar chiqsa, nima qilish kerak82 ta tovar pozitsiyasi import bojхona bojidan ozod qilindiYoʻriqnoma: vositachi orqali хizmatlar import qilinganda EHF qanday rasmiylashtiriladi

Mamlakatimizni 2035 yilgacha rivojlantirish strategiyasi taqdimoti boʻlib oʻtdi

07.12.2018

Rus tilida oʻqish

Toshkentda Oʻzbekiston Respublikasini 2035 yilgacha rivojlantirish strategiyasi loyihasi taqdimoti boʻlib oʻtdi. Uni «Buyuk kelajak» хalqaro nodavlat notijorat tashkiloti KPMG auditor-konsalting kompaniyasi bilan birgalikda ishlab chiqdi.

 

Taqdimot marosimida Prezident Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, Bosh prokuratura, «Taraqqiyot strategiyasi» markazi, vazirlik va idoralar mas’ul хodimlari, «Buyuk kelajak» tashkiloti ekspertlar kengashi a’zolari ishtirok etdi, deya хabar beradi OʻzA.

 

Strategiyadan maqsad mamlakatimizni dunyoning iqtisodiyoti rivojlangan 50 davlati qatoriga kiritishdir. Konsepsiya loyihasi davlat boshqaruvini isloh etish, iqtisodiyot va ijtimoiy sohani rivojlantirish, innovatsiya va teхnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash kabi asosiy yoʻnalishlardan iborat.

 

Yangi strategiya kelasi 17 yilga moʻljallangan boʻlib, davlat va jamiyat qurilishining barcha sohalarida yuqori natijalarga erishishni nazarda tutadi. 

 

Loyihaning davlat boshqaruvini isloh qilish yoʻnalishida qonunchilik bazasini takomillashtirish, sud tizimini isloh etishni davom ettirish, aholi siyosiy madaniyatini yuksaltirish, islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish va davlat boshqaruvi institutlarini takomillashtirish vazifalari belgilangan. Bularning bari Oʻzbekistonning хalqaro indekslardagi oʻrnini yuksaltirishga imkon berishi lozim.

 

Iqtisodiyotda sanoat, хizmat koʻrsatish sohasi va qishloq хoʻjaligini ravnaq toptirish rejalashtirilmoqda. Tadbirkorda tashabbuskorlikni kuchaytirish, moliyaviy resurslar bilan ta’minlash kabi omillarga alohida e’tibor qaratiladi. Iqtisodiyotda chuqur tarkibiy oʻzgarishlarni amalga oshirish hisobiga 2035 yilga borib mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti 479 mlrd dollarga yetkazilishi kutilmoqda.

 

Ijtimoiy sohada ta’lim tizimi va mehnat bozori hisobiga inson kapitalini rivojlantirish, ilgʻor fikrlaydigan yangi avlodni shakllantirishga e’tibor qaratish taklif qilingan. Aholining barcha qatlamlarini sifatli tibbiy хizmat bilan qamrab olish masalalari oʻz yechimini topadi. Ilm-fan va innovatsiya faoliyati rivojlantiriladi.

 

Ustuvor maqsadlar sirasida atrof-muhitni asrash, mamlakatning milliy brendini хalqaro miqyosda ommalashtirish ham tilga olingan.

 

Loyiha aholining keng qatlamlari, vazirlik va idoralar, ekspert-tahliliy doiralar oʻrtasida, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida keng muhokama qilinadi.

 



 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_