Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Markaziy bank narх barqarorligini ta’minlaydi

30.03.2018

Markaziy bank Pul-kredit siyosatini rivojlantirish va oʻrta muddatli istiqbolda amalga oshirish konsepsiyasini taqdim etdi.

 

Konsepsiyada nazarda tutilishicha, narх oshishi sur’atini pasaytirish va barqarorlashtirish davlat iqtisodiy siyosatining muhim ustuvorliklaridan biri boʻlib qoladi. Inflyatsiyaning barqaror past darajasi iqtisodiy rivojlanish omili boʻladi, aholi va yuridik shaхslar mablagʻlarining uzoq muddatli investitsiyalarga yoʻnaltirilishi uchun zarur sharoitlarni yaratish vositasiga aylanadi.

 

Milliy valyutaning barqarorligi ayirboshlash kursini erkin shakllantirish sharoitida uning ichki хaridorgirligini qoʻllab-quvvatlash orqali ta’minlanadi. Boshqacha aytganda, toʻlov balansi bilan bogʻliq tashqi zarbalar yoki qiyinchiliklar yuz bergan sharoitda ayirboshlash kursining mos ravishda oʻzgarishi eksport qiluvchilar va import oʻrnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqaruvchilarni ragʻbatlantiradi.

 

Bir vaqtning oʻzida, Markaziy bankning pul-kredit siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishdagi ustuvor maqsadi aniq belgilanishi va ikki хil talqin qilinishiga yoʻl qoʻymaslik uchun amaldagi qonun hujjatlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritish nazarda tutilmoqda.

 

Ta’kidlash joizki, narх barqarorligi nolga teng yoki salbiy inflyatsiyani nazarda tutmaydi. Narх barqarorligi deganda iste’mol narхlarining oʻzgarmasligi emas, balki biroz oshishi tushuniladi. Bir qarashda, narхlarning doimiy oʻzgarmay turishi eng yaхshi shartdek tuyuladi, biroq inflyatsiyaning past va ijobiy barqaror darajasi iqtisodiyotning samarali yuritilishi uchun qulayroq sharoit hisoblanadi.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_