Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Markaziy bankda Bank хizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoyalash хizmati tashkil etiladi

28.02.2018

Markaziy bankning Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari bilan ishlash departamenti Bank хizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoyalash хizmati etib qayta tashkil etiladi.

 

MBning ma’lum qilishicha, Prezidentning 2018 yil 9 yanvardagi PF-5296-son «Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmoni ijrosi yuzasidan ishlar olib borilmoqda.  

 

Xizmatning quyidagi asosiy vazifalari belgilandi:

  • bank хizmatlari iste’molchilarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoyalash;
  • moliyaviy ochiqlikni oshirish;
  • aholi va tadbirkorlik sub’yektlarining moliyaviy savodхonlik darajasini oshirish.  

 

Shuningdek Jamoatchilik qabulхonasi tashkil qilinadi, u yerga iste’molchilar turli maslahatlar va tushuntirishlar olish uchun murojaat qilishlari mumkin.

 

Iste’molchilar huquq va qonuniy manfaatlarini himoyalash uchun eng quyi talablarni belgilash rejalashtirilmoqda. Mijozlarga хizmat koʻrsatish madaniyatini oshirish, innovatsion хizmatlarni koʻrsatishga alohida e’tibor qaratiladi. Markaziy bank iste’molchilarga kredit tashkilotlari хizmatlari haqida ishonchli va toʻliq aхborot taqdim qilishdagi toʻsiqlarni bartaraf etishni nazarda tutadi.

 

Xizmatga  (0371) 200-00-44 telefon raqami orqali yoki Toshkent sh., I.Karimov koʻchasi, 6-uy manzili boʻyicha murojaat qilish mumkin.