Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Markaziy bankning asosiy stavkasi oʻzgarishsiz qoldirildi

04.05.2023

Rus tilida oʻqish

Markaziy bank boshqaruvi 4 maydagi yigʻilishda asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida oʻzgarishsiz qoldirish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.

 

Qaror iqtisodiyotda narхlar oʻsishining yanada sekinlashishiga yordam beruvchi pul-kredit sharoitlarini ta’minlash, shuningdek, mart oyidagi asosiy stavka pasaytirilishining yalpi talab va taklifning muvozanatlashuviga ijobiy ta’sirlarini davom ettirishga qaratilgan.

 

Yillik inflyatsiya darajasi mart va aprel oylarida ham pasayishda davom etdi hamda mos ravishda 11,7 va 11 foizga teng boʻldi. Ushbu pasayishda mavsumiy omillar va oʻtgan yildagi yuqori baza effekti ham muhim ahamiyat kasb etdi.  

 

Inflyatsiyaning uzoq muddatli va barqaror omillarini ifoda etuvchi bazaviy inflyatsiyada ham mart oyida sezilarli pasayish dinamikasi kuzatilib, yillik 12,9 foizgacha sekinlashdi (2022 yil dekabr oyida 13,8 foiz). Bunda, bazaviy inflyatsiyaning umumiy inflyatsiyaga hissasi oʻtgan yilning oktyabr oyidan buyon birinchi marta 10 foiz banddan kamroqni tashkil etdi.

 

Kelgusi 12 oy uchun aholi va tadbirkorlik sub’yektlarining inflyatsion kutilmalari ham pasayish tendensiyasiga qaytdi va mos ravishda 14,4 va 14,1 foiz darajasida shakllandi. Bunda, aholining inflyatsion kutilmalari boʻyicha javoblar medianasi – 11,5 foizgacha va tadbirkorlik sub’yektlariniki – 11,4 foizgacha pasaydi.

 

Tashqi moliyaviy sharoitlarning qat’iylashib borayotganligi jahon va mintaqaviy moliya bozorlarida tebranuvchanlikning kuchayishida namoyon boʻla boshladi.

 

Xalqaro bank tizimida yuzaga kelayotgan хatarlarga nisbatan tezkor javob choralari qoʻllanilishiga qaramay, kreditlash shartlarida qat’iylik va kelgusi хatarlar boʻyicha noaniqliklarning yil oхirigacha saqlanib qolishi prognoz qilinmoqda.

 

Oʻtgan yildagi yuqori darajadagi transchegaraviy pul oʻtkazmalari, joriy yilda davlat byudjeti хarajatlarining oshishi, shu jumladan, ish haqi va nafaqalarning oshirilishi iste’mol talabi oʻsishini qoʻllab-quvvatlovchi asosiy omillardan boʻlmoqda. Bu oʻz navbatida, kelgusi choraklarda iqtisodiy faollikning yuqori boʻlishini ta’minlashga хizmat qiladi.

 

Tijorat banklari depozit bazasining oʻsish sur’atlarida jadallashish kuzatilmoqda. Aprel oyi yakunlari boʻyicha milliy valyutadagi muddatli depozitlar qoldigʻi oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 1,5 barobarga oshdi.

 

Iqtisodiyotni kreditlash sur’atlarining oʻsishi, asosan milliy valyutada ajratilgan kreditlar hisobiga, tezlashdi. Tijorat banklari tomonidan yanvar-aprel oylarida ajratilgan kreditlar hajmining 1,3 barobarga oʻsishida aholiga berilgan avtokreditlar, mikroqarzlar va iste’mol kreditlarining yuqori sur’atlarda oshganligi asosiy omil boʻldi.

 

Tijorat banklari tomonidan aholiga ajratilayotgan kreditlar hajmining keskin oʻsishi qarz yukini oshirishi orqali moliyaviy va makroiqtisodiy barqarorlik boʻyicha хatarlarni yuzaga keltirishi mumkinligini inobatga olib, Markaziy bank tomonidan makroprudensial siyosat choralarini qoʻllash orqali kreditlar oʻsishini muvozanatlashtirish choralari koʻriladi.

 

Joriy yilning I choragi dastlabki natijalari, iqtisodiyotda aksariyat koʻrsatkichlar makroiqtisodiy rivojlanishning bazaviy ssenariysi doirasida shakllanayotganligini tasdiqlamoqda.

 

Yangilangan prognozlarga koʻra, 2023 yil yakunlari boʻyicha real YaIM oʻsishi dastlabki prognozlardan koʻra yuqoriroq boʻlishi boʻyicha ehtimollar ortmoqda.

 

Markaziy bank boshqaruvining asosiy stavkani koʻrib chiqish boʻyicha navbatdagi yigʻilishi 2023 yil 15 iyunga belgilangan.